Özbekiston Prezidenti Ömon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi

Özbekiston Prezidenti Ömon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi

19.06.2026 12:5494

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Ömon Sultonligi iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi hamkorlikni jadallaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşişdi.

Sönggi yillarda aloqalarimiz faollaşgani, tovar ayirboşlaş hajmi ösgani qayd etildi. Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi iştirokida muhim loyihalar samarali amalga oşirilmoqda. Keyingi oydan poytaxtlarimiz örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyiladi.

Şu yil Masqat şahrida Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkazişga kelişib olindi.

Muloqotda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma va boşqa yönalişlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surişga alohida eʼtibor qaratildi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: