Özbekiston Prezidenti xorijiy investorlar bilan hamkorlikning yangi yönalişlarini belgiladi

Özbekiston Prezidenti xorijiy investorlar bilan hamkorlikning yangi yönalişlarini belgiladi

19.06.2026 12:59157

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 18-iyun kuni Xalqaro kongress markazida Xorijiy investorlar kengaşining navbatdagi yalpi yiğilişi bölib ötdi.

Tadbirda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, yetakçi xorijiy kompaniyalar, banklar va moliyaviy institutlar rahbarlari hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlaridagi investorlar kengaşlarining aʼzolari bölgan nufuzli xalqaro taşkilot va tuzilmalar vakillari iştirok etdi.

Davlatimiz rahbari yiğilişda sözga çiqib, sönggi yillarda Prezident huzuridagi kengaş amaliy islohotlar maydoniga aylanib, mamlakatimiz va jahon investitsiya hamjamiyati örtasidagi işonçli köprik sifatida öz mavqeini mustahkamlaganini taʼkidladi.

Kengaş mustaqil assotsiatsiya maqomini olib, mamlakat iqtisodiyotining 23 ta tarmoğida faoliyat yurituvçi 85 ta kompaniyani birlaştirdi. Ijroiya qömitasi tarkibiga Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi kiradi.

Normativ-huquqiy baza izçil takomillaştirilgani hamkorlikning muhim amaliy natijalaridan biri böldi.

Kengaş aʼzolarining takliflaridan kelib çiqib, Soliq kodeksiga özgartirişlar kiritildi, moliyaviy tartibga soliş va hisob yuritişning ayrim tartib-taomillari soddalaştirildi, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini qöllaydigan xorijiy kompaniyalar uçun bir qator majburiy talablar bekor qilindi.

Şu bilan birga, milliy qonunçilikni xalqaro amaliyotga yanada yaqinlaştiriş böyiça işlar davom etmoqda.

“Muqobil investitsiya jamğarmalari töğrisida”gi qonun loyihasi tayyorlandi, Masʼuliyatli biznes yuritiş standartlarini joriy etiş böyiça dastur işlab çiqildi, texnik reglamentlarni xalqaro meʼyorlarga muvofiqlaştiriş işlari olib borilmoqda.

Bundan taşqari, Özbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining (IHTT) xalqaro investitsiyalar va köp millatli korxonalar töğrisidagi deklaratsiyasiga qöşiliş jarayonini boşladi. Keyingi qadam sifatida Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qiliş rejalaştirilmoqda.

Kengaşning sohaviy işçi guruhlari faoliyati tizimli tus oldi. Ötgan davr mobaynida moliya bozorini rivojlantiriş, garov qonunçiligini takomillaştiriş, masʼuliyatli biznes yuritiş, soliq maʼmurçiligi, energetika, yerdan foydalanişni boşqariş, kasbiy kadrlarni tayyorlaş hamda davlat va investorlar uçun özaro manfaatli bölgan boşqa yönalişlar böyiça 50 dan ortiq uçraşuvlar ötkazildi.

Mazkur majlisga tayyorgarlik jarayonida xorijiy hamkorlarning yangi taşabbuslar töplami şakllantirildi.

Kelib tuşgan 120 ta taklif investitsiya muhitini yaxşilaş, soliq va kadastr tizimlari, bank-moliya sohasi, korporativ boşqaruv, energetika, şuningdek, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişni qamrab olgan yettita ustuvor yönalişga birlaştirildi.

Valyuta aylanmasini tartibga solişni yanada yengillaştiriş, islomiy suğurta va “yaşil” kreditlaş kabi zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etiş, bank aktivlari bozorini yölga qöyiş hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv tamoyillarini keng qöllaş böyiça takliflarga alohida eʼtibor qaratildi.

Har bir yönaliş böyiça amaliy yeçimlar tayyorlanib, masʼul ijroçilar belgilab olindi.

Prezidentimiz kengaş işbilarmonlarning taşabbuslari davlat siyosatida öz amaliy ifodasini topadigan samarali oçiq muloqot maydoni bölib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Şu bois, xalqaro investorlar bilan töğridan-töğri hamkorlikni saqlab qoliş hamda qayta aloqa mexanizmlarini yanada takomillaştiriş muhim ekaniga alohida urğu berildi.

Yiğiliş yakunida barça takliflarni umumlaştirib, yagona “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş, amalga oşiriş muddatlari va nazorat mexanizmlarini aniq belgilaş topşirildi.

Özbekiston Hukumatining investitsiya sohasi uçun masʼul aʼzolari hujjat ijrosining borişi yuzasidan Prezidentga har çorakda hisobot taqdim etib borişi belgilandi.

Yiğiliş iştirokçilari özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş, Yangi Özbekistonning investitsiya jozibadorligini oşiriş, barqaror iqtisodiy ösişni taʼminlaş hamda islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirişga qaratilgan taşabbuslarni birgalikda amalga oşirişdan manfaatdorligini bildirdilar.

Şundan söng taqdimotlar, iştirokçilarning çiqişlari hamda kengaş aʼzolarining savol-javob sessiyasi bölib ötdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: