Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengaşining yalpi majlisidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengaşining yalpi majlisidagi nutqi

19.06.2026 13:08140

Hurmatli uçraşuv iştirokçilari!

Hurmatli Odil Reno-Basso xonim!

Qadrli döstlar!

Sizlarni Xorijiy investorlar kengaşining navbatdagi yalpi majlisida körib turganimdan xursandman.

Avvalo, hurmatli Reno-Basso xonim, islohotlarimizni doimiy qöllab-quvvatlab kelayotganingiz va Kengaş faoliyatidagi samarali raisligingiz uçun sizga çin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Şu bilan birga, bugungi anjumanda qatnaşayotgan barça xalqaro taşkilotlar va xorijiy kompaniyalar rahbarlariga samimiy ehtiromimni izhor etaman.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Sönggi yillarda Kengaş oddiy maslahat mexanizmidan amaliy islohotlar maydoniga, Yangi Özbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati örtasidagi işonçli köprikka aylandi. Bugun Kengaş mustaqil Assotsiatsiya maqomiga ega bölib, tom ma’noda kuçli institut darajasiga kötarildi. Ötgan bir yil davomida Kengaşda iştirok etayotgan kompaniyalar soni 54 tadan 85 taga yetdi. Ular iqtisodiyotimizning 23 ta tarmoğini qamrab olib, işçi guruhlar faoliyatida bevosita iştirok etmoqda. Bundan taşqari, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi Kengaşning Ijroiya qömitasi tarkibida faoliyat yuritmoqda.

E’tiborli tomoni, barça a’zolarimizning Kengaşdagi faolligi tobora oşmoqda. Bu – mazkur investitsiya platformasiga bölgan yuksak işonçning yaqqol dalilidir.

Hurmatli kengaş iştirokçilari!

Sizlar bilan ötgan yili ham uçraşib, köp masalalarni gaplaşib olgan edik. Avvalgi majlisda ilgari surilgan 21 ta taşabbusga aniq yeçimlar berildi.

Şuni alohida ta’kidlamoqçiman, investorlarning taşabbuslari davlat siyosatida özining amaliy ifodasini topmoqda. Takliflarning salmoqli qismi asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştirdik. Jumladan: Soliq kodeksiga investorlar uçun qulay bölgan özgartirişlar kiritildi; kompaniyalar örtasidagi içki qarz bitimlari moliya nazoratidan çiqarildi; asosiy vositalarni tezlaştirilgan tartibda amortizatsiya qiliş huquqi berildi; xalqaro standartlar asosida hisobot yurituvçi xorijiy şirkatlar uçun köplab majburiy talablar bekor qilindi.

Bundan taşqari, “Muqobil investitsiya jamğarmalari töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi. Mas’uliyatli biznes yuritiş standartlarini joriy etiş hamda 16 ta texnik reglamentni xalqaro me’yorlarga muvofiqlaştiriş dasturi tayyorlandi.

Şu bilan birga, xorijiy investorlarga teng va adolatli şaroit yaratiş böyiça xalqaro majburiyatlarni öz zimmamizga olişda yangi qadamlar taşladik. Yaqinda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining Xalqaro investitsiyalar va köp millatli korxonalar töğrisidagi deklaratsiyasiga qöşilişimizni e’lon qildik. Uşbu yönalişdagi işlarning mantiqiy davomi sifatida Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinişi kutilmoqda.

Bularning barçasi – ğoyalaringiz amaliyotda tatbiq etilayotganiga yorqin dalildir.

Hurmatli Kengaş iştirokçilari!

Ötgan davrda Kengaş huzuridagi işçi guruhlar tomonidan investorlar uçun 50 dan ortiq foydali yiğilişlar ötkazildi. Natijada muqobil investitsiya jamğarmalari, garov qonunçiligi, mas’uliyatli biznes yuritiş, professional kadrlar tayyorlaş, soliq ma’murçiligi, yer ajratiş va energetika kabi ustuvor yönalişlar böyiça muammolar xorijiy investorlar hamraisligida atrofliça muhokama qilindi.

Bugungi majlisga tayyorgarlik jarayonida sizlardan 120 ta yangi taklif va taşabbus kelib tuşdi. Ularning barçasini batafsil tahlil qilib, yettita ustuvor yönalişga birlaştirdik. Bular: investitsiya muhitini yaxşilaş, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank tizimi, korporativ boşqaruv, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot masalalaridir.

Ayniqsa, valyuta aylanmasidagi monitoring jarayonlarini yengillaştiriş; islomiy suğurta, “yaşil” kredit, banklarning muammoli aktivlari savdosini yölga qöyiş kabi yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy qiliş; korxonalarda atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va samarali boşqaruvni öz içiga olgan ESG tamoyillari qöllanişini rağbatlantiriş kabi takliflar hozir har qaçongidan ham dolzarbdir.

Şu bois, har bir yönaliş böyiça mas’ullar belgilanib, aniq yeçimlar işlab çiqildi.

Fursatdan foydalanib, mana şu dolzarb vazifani öz zimmasiga olgan işçi guruhlar hamraislari: “Vision Invest”, “BDO”, “Crowe”, “OTP Group”, “Franklin Templeton”, “Ernst & Young”, “Kosta Legal” va “ACWA Power” kompaniyalari rahbarlariga minnatdorlik bildiraman.

Şuningdek, yil davomida samarali faollik körsatib, muhim hujjatlar va puxta taşabbuslar tayyorlagani uçun Kengaşning barça a’zolariga alohida taşakkur aytaman.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Endi bevosita muloqotga ötsak.

Yil davomidagi tahlillaringiz asosida qanday muammolarni aniqladingiz? Investitsiya muhitini yanada yaxşilaş uçun Hukumat nima işlar qilişi kerak?

Bugun uşbu zalda Hukumat a’zolari – Boş vazir örinbosarlari va vazirlar iştirok etmoqda. Sizlarni diqqat bilan tinglaşga, har bir muammo va tavsiyani batafsil muhokama qilişga tayyormiz. Işimizni yanada samarali taşkil etiş böyiça takliflaringiz bölsa, ularni oçiq muloqot ruhida körib çiqamiz.

Albatta, bugun kötariladigan barça masalalar umumlaştirilib, majlisimiz yakunlari böyiça yagona “yöl xaritasi” işlab çiqiladi. Boş vazir örinbosari J.Xöjayev va Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Qudratov har çorakda ularning ijrosi böyiça menga şaxsan hisobot berib boradi.

Endi fikr va mulohazalaringizni eşitamiz.

***

Hurmatli döstlar!

Bugungi muloqotimiz ğoyat mazmunli va foydali böldi. Ayniqsa, amaliy natijaga yönaltirilgan takliflaringizdan juda xursand böldim.

Çin hamkorlarimizning barça taşabbuslari xalqimiz farovonligi va investitsiya muhitini yaxşilaşga xizmat qiladi. Yangi Özbekistonda oçiq, barqaror va raqobatbardoş iqtisodiyotni barpo etişga qöşayotgan hissangiz biz uçun doim qadrli.

Bu kabi muloqotlarimiz qança köp bölsa, işimiz şunça oldinga ketadi. Barçangizga Kengaşimizda iştirok etganingiz uçun samimiy rahmat aytmoqçiman.

Fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam soğliq, professional faoliyatingiz va şaxsiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: