Xalqaro maqom sanʼati anjumani oçildi

Xalqaro maqom sanʼati anjumani oçildi

24.06.2026 10:24118

Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan şahrida uçinçi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining oçiliş marosimida iştirok etib, nutq sözladi.

Davlatimiz rahbari anjuman iştirokçilari, xorijiy mehmonlar, madaniyat va sanʼat namoyandalarini qutlab, maqom sanʼati qalblarni birlaştiradigan, odamlarga ezgulik ulaşadigan maʼnaviyat köprigi ekanini taʼkidladi.

Qayd etilganidek, yurtimizda doimiy tus olgan uşbu anjuman maqom sanʼatining umumbaşariy nufuzini oşirişga xizmat qilayotgan muhim xalqaro maydonga aylanib bormoqda.

Tadbirda UNESCO, ICESCO, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, TURKSOY, Turkiy Parlament Assambleyasi, Turkiy madaniyat va meros jamğarmasi hamda boşqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning madaniyat vazirlari, elçilar, 80 dan ortiq davlatdan 250 ga yaqin madaniyat va sanʼat vakillari iştirok etmoqda.

Prezidentimiz anjumanning bu galgi manzili bölgan Namangan diyorining öziga xos madaniyati, sanʼati, mehnatkaş va bunyodkor xalqi haqida alohida töxtaldi. Buyuk şoir va mutafakkir Boborahim Maşrab, Nodim, Fazliy, Majzub Namangoniy, Söfizoda, Ibrat, Usmon Nosir, Çustiy kabi ijodkorlar, şuningdek, milliy musiqa sanʼati rivojiga ulkan hissa qöşgan hofiz, sozanda va bastakorlarning boy merosi hurmat bilan tilga olindi.

Şu kunlarda Namanganda 65-xalqaro gullar festivali ham yuksak saviyada ötayotgani qayd etildi. Uşbu festival Yangi Özbekiston şaroitida oddiy gullar körgazmasidan xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotgan katta madaniy hodisa va milliy brend darajasiga kötarilgani taʼkidlandi.

Joriy yilda Namanganda 150 million tupdan ortiq gul köçatlari ötqazilib, bu natija xalqaro miqyosda tan olingani va “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilgani eʼtirof etildi.

Prezidentimiz maqom sanʼatining milliy va jahon madaniyatidagi örni haqida söz yuritdi. UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgan maqom oddiy musiqa emas, balki millat xotirasi, xalq qalbi va asrlar oşa yangrab kelayotgan maʼnaviy ovoz ekani taʼkidlandi.

Uçinçi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining asosiy maqsadi uşbu noyob merosni asrab-avaylaş, örganiş va tarğib etiş, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazişdan iborat ekani qayd etildi.

Sönggi yillarda Yangi Özbekistonda maqom sanʼati nufuzini milliy va xalqaro miqyosda yangi bosqiçga kötariş madaniyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan. Maqom ijroçiligi bilan birga uning nazariy, tarixiy va falsafiy asoslari ham çuqur örganilmoqda.

Bu borada “musiqa maktabi – ixtisoslaşgan maktab – oliygoh” tizimi yölga qöyilgani, madaniyat va sanʼatning 21 ta yönalişida, jumladan, maqom böyiça ijodiy birlaşma taşkil etilgani taʼkidlandi. Endilikda har bir mahalla, tuman, viloyat va respublika miqyosida yoş maqomçilar tanlovlari ötkaziladi.

Prezidentimiz maqom sanʼatini rivojlantiriş böyiça qator yangi taşabbuslarni ilgari surdi.

Yangi Toşkentda barpo etilayotgan muhtaşam Maqom markazini Dunyo maqom markazi deb nomlaş, uning qoşida Xalqaro maqom akademiyasini taşkil etiş taklif qilindi. Uşbu akademiyada özbek maqom maktablari bilan bir qatorda arab, turk, fors, tojik, hind va boşqa Şarq mumtoz musiqa yönalişlari ham öqitiladi.

Markaz qoşida dunyo miqyosidagi noyob musiqiy qölyozmalar, tovuş yozuvlari va nota arxivlarini jamlagan Xalqaro raqamli kutubxona va laboratoriya taşkil etiladi. Mazkur majmua soha olimlari va sanʼatşunoslarini birlaştiradigan global ilmiy-akademik platformaga aylanişi taʼkidlandi.

Şuningdek, Jahon maqom antologiyasini yaratiş taşabbusi ilgari surildi. Unda maqom, muğom, mukam, dastgoh kabi dunyo xalqlarining mumtoz musiqa namunalari, notalar, audio va video yozuvlar, ilmiy tadqiqotlar yagona raqamli platformaga joylaştiriladi. Maqom ijrosi böyiça mobil ilova işga tuşirilib, uning fonotekasi doimiy yangilab boriladi.

Maqom ilmini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida xalqaro jamğarma taşkil etiş, uning grantlarini ilmiy izlanişlar, noyob manbalarni örganiş, innovatsion loyihalar va soha vakillarini rağbatlantirişga yönaltiriş taklif etildi.

Jamğarma hisobidan Xalqaro maqom mukofotini taʼsis etib, maqom rivojiga katta hissa qöşgan olim va sanʼatkorlarni har ikki yilda taqdirlab boriş maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Şu bilan birga, “Şaşmaqom”ning 6 ta yönalişi böyiça hududlarda “Maqom yöli” madaniy-turistik marşruti yaratiladi. Buxoro, Samarqand, Xiva, Qöqon, Şahrisabz va Toşkentda maqom yönalişlariga bağişlangan turizm-tematik köçalar taşkil etiladi.

Yurtimizda maqom asarlarining oltin fondini yaratib, xalqimizga yetkazib kelayotgan Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga milliy davlat ansambli maqomi berilişi maʼlum qilindi.

Davlatimiz rahbari Xalqaro maqom sanʼati anjumani maqomning umrboqiy merosini kelajak avlodlarga yetkazadigan, xalqlar örtasida döstlik va madaniy muloqotni mustahkamlaydigan muhim xalqaro maydonga aylanib borayotganini taʼkidladi.

Nutq yakunida Prezident Şavkat Mirziyoyev anjuman iştirokçilariga sihat-salomatlik, jöşqin ilhom, yangi ijodiy yutuqlar tilab, uçinçi Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oçiq deb eʼlon qildi.

Şuningdek, davlatimiz rahbari futbol böyiça milliy terma jamoamizning jahon çempionatidagi iştiroki haqida töxtalib, futbolçilarimiz xalqimizning 34 yillik orzusini röyobga çiqarganini taʼkidladi.

Prezidentimiz milliy jamoamiz bugungi öyinda ham yurtimiz şarafini munosib himoya qilişiga işonç bildirib, futbolçilarga omad tiladi.

Marosimda konsert dasturi namoyiş etildi.

Şu bilan Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifini yakunlab, Toşkentga jönab ketdi.

 

 

 

president.uz


 

Ulaşiş: