Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning uçinçi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining oçiliş marosimidagi nutqi
Assalom-u alaykum, hurmatli anjuman iştirokçilari!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Betakror Özbekiston zaminida uçinçi bor ötkazilayotgan Xalqaro maqom sanʼati anjumanida dunyoning turli qitʼa va mamlakatlaridan taşrif buyurgan taniqli sanʼat va madaniyat namoyandalarini körib turganimdan mamnunman.
Sanʼat – qalblarni birlaştiradigan, odamlarga ezgulik ulaşadigan maʼnaviyat köprigidir deb bejiz aytilmagan. Şu maʼnoda, yurtimizda doimiy tus olgan uşbu anjuman – maqom sanʼatining umumbaşariy nufuzini oşirişga xizmat qilayotgan jahon sahnasiga aylanib bormoqda.
Bugungi tadbirimizda UNESCO, ICESCO, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, Turkiy oqsoqollar kengaşi, TURKSOY, Turkiy Parlament Assambleyasi, Turkiy madaniyat va meros jamğarmasi hamda boşqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari, çet davlatlarning madaniyat vazirlari va muhtaram elçilari, 80 dan ortiq xorijiy mamlakatlarning 250 ga yaqin madaniyat va sanʼat vakillari iştirok etayotgani anjumanimizga alohida fayz va şukuh bağişlamoqda.
Fursatdan foydalanib, uzoq-yaqin yurtlardan taşrif buyurgan aziz mehmonlarimizga özimning samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Yangi Özbekistonga xuş kelibsiz!
Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Özbekiston zaminidagi har bir tuman, har bir viloyat, har bir hudud öziga xos sanʼati va madaniyati, qadriyat va anʼanalari, maşhur ijodkorlariga ega. Bugungi anjumanimiz ötayotgan sölim va gözal Namangan diyori ham ana şunday tabarruk maskandir. Namangan özining tadbirkorlari, obod şahar va qişloqlari, sanoat, qişloq xöjaligi, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sportdagi yutuqlari, bilimli va şijoatli yoşlari bilan alohida eʼtirofga loyiq.
Şu kunlarda uşbu fayz-u tarovatli zaminda yuksak darajada taşkil etilgan, butun dunyoga maşhur 65-xalqaro Namangan gullar festivali şod-u xurramlik bilan davom etmoqda. Va men bugungi imkoniyatdan foydalanib, butun xalqimizni, barça nafosat şaydolarini xursand qilayotgan ana şunday ulkan bayram bilan siz, azizlarni – mehnatkaş va mirişkor, oqköngil, pok niyatli Namangan ahlini yana bir bor samimiy tabriklayman.
Mazkur festival Yangi Özbekiston şaroitida oddiy gullar körgazmasidan xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotgan katta madaniy hodisa, öziga xos milliy brend darajasiga kötarilganini biz nafaqat Farğona vodiysi, balki butun mamlakatimizdagi ulkan özgarişlar samarasi sifatida qabul qilamiz.
Bugungi kunda körkam çamanzorga aylangan Namangan diyorida joriy yilning özida 150 million tupdan ortiq gul köçatlari ötqazilgani va bu natija xalqaro miqyosda tan olinib, “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilgani har tomonlama eʼtibor va tahsinga sazovor, ibrat olişga arziydigan voqea, desak, haqiqatni aytgan bölamiz.
Ming rahmat sizlarga, qöllaringiz heç qaçon dard körmasin!
Aziz yurtdoşlar!
Namangan buyuk şoir va mutafakkir Boborahim Maşrab, Nodim, Fazliy, Majzub Namangoniy, Söfizoda, Ibrat, Usmon Nosir, Çustiy, Habib Saʼdulla kabi atoqli söz sanʼatkorlarini kamolga yetkazgan saxovatli zamindir. Bu uluğ zotlar qatorida milliy musiqa madaniyatimiz rivojida öçmas iz qoldirgan Rözimatxon Isaboyev, Vahobjon Abdullayev, Mahmudjon Muhammedov, Ergaş Yöldoşev, Saidjon Kalonov, Tursunoy Mamedova, Kamoliddin Rahimov, Habiba Oxunova, Örinboy Nuraliyev, Hadiya Yusupova, Jöraxon Rahimov singari el tanigan hofizlar, sozanda va bastakorlarning nomlarini bugun ham hurmat bilan tilga olamiz.
Uşbu ölmas siymolarning boy ijodiy merosi yangi-yangi sanʼatkorlar avlodi uçun mahorat maktabi bölib xizmat qilmoqda.
Qadrli döstlar!
UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgan maqom naqadar buyuk va noyob sanʼat ekanini barçamiz yaxşi bilamiz va xalqaro hamjamiyatning bunday eʼtirofini yuksak qadrlaymiz. Zero, maqom bu oddiy musiqa emas. Maqom – millatning xotirasi, xalqning qalbi va asrlar oşa yangrab kelayotgan maʼnaviy ovozidir. Unda ajdodlar hikmati, orzu-umidlari, dardi va quvonçi mujassam, desam, öylaymanki, fikrimga qöşilasiz.
Yurtimizda ötkazilayotgan uçinçi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining asosiy maqsadi – ana şunday noyob merosni asrab-avaylaş, örganiş va tarğib etiş, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazişdan iborat.
Sönggi yillarda Yangi Özbekistonda maqom sanʼati nufuzini milliy va xalqaro miqyosda yangi bosqiçga kötariş madaniyat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi.
Bugun nafaqat maqom ijroçiligi, balki uning nazariy asoslari ham çuqur örganilmoqda. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Maroğiy, Alişer Navoiy, Bobur Mirzo, Komil Xorazmiy, Abdurauf Fitrat, şuningdek, Yunus Rajabiy, Fayzulla Karamatov, Isʼhoq Rajabov kabi allomalarning ilmiy asarlari, maqomşunoslik anʼanalari davom ettirilmoqda.
Maqom sanʼatining nazariy, tarixiy va falsafiy masalalarini örganadigan maxsus ilmiy kengaşlar faoliyati yangi bosqiçga olib çiqilmoqda. Biz sohada yuksak bilim va malakaga ega kadrlarni tarbiyalaş vazifasiga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Bu borada “musiqa maktabi – ixtisoslaşgan maktab – oliygoh” tizimi yölga qöyilgani yoşlarimizning aniq dasturlar asosida uzluksiz taʼlim olişiga mustahkam zamin bölib xizmat qilmoqda.
Yaqinda madaniyat va sanʼatning 21 ta yönalişida, xususan, maqom böyiça ham ijodiy birlaşma taşkil qildik. Uşbu birlaşmalar jamiyatimizning eng quyi böğini bölgan mahalladan boşlab ijodkor yoşlarni topiş, ularni qöllab-quvvatlaş va isteʼdodini yuzaga çiqarişga kömak beradi. Endilikda yoş maqomçilarning ijodiga yangi nafas olib kiriş uçun har bir mahalla, tuman, viloyat va respublika miqyosida tanlovlar ötkazamiz.
Qadrli döstlar!
Hozirgi vaqtda “Şaşmaqom” durdonalari, Farğona – Toşkent va Xorazm maqomlarining örganilmagan matnlari hamda noyob ijro uslublari qayta tiklanmoqda. Ayni yönalişda yirik ilmiy va akademik naşrlar, ovozli arxivlar tayyorlanmoqda.
Biz ana şunday işlarimizni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Yangi Toşkentda muhtaşam Maqom markazini barpo etişga kirişdik. Uşbu maskanni Dunyo maqom markazi deb nomlasak va uning qoşida Xalqaro maqom akademiyasini taşkil etsak, nima deysizlar?
Işonamanki, bu madaniy koşona jahon maqom sanʼatining yirik ilmiy-tadqiqot markaziga aylanadi. Akademiyada özbek maqom maktablari bilan bir qatorda arab, turk, fors, tojik, hind va boşqa Şarq mumtoz musiqa yönalişlari ham öqitiladi. Mazkur dargohda maqomni sevadigan dunyo yoşlari uçun “ustoz-şogird” anʼanalari asosida mahorat amaliyoti dasturlari yölga qöyiladi va bunga maxsus grantlar ajratiladi.
Markaz qoşida dunyo miqyosidagi eng noyob musiqiy qölyozmalar, tovuş yozuvlari va nota arxivlarini özida mujassam etgan Xalqaro raqamli kutubxona va laboratoriya taşkil etiladi.
Bir söz bilan aytganda, yangi majmua soha olimlari va sanʼatşunoslarni birlaştiradigan global ilmiy-akademik platforma böladi.
Dunyo xalqlarining maqom, muğom, mukam, dastgoh kabi mumtoz musiqa namunalari haqidagi maʼlumotlarni yagona raqamli makonga köçiriş vaqti keldi. Şu bois, maqom sanʼati olimlari va ijodkorlarini Jahon maqom antologiyasini yaratişga çaqiraman. Bunda dunyodagi barça maqom asarlari, notalar, audio va video yozuvlar, ilmiy tadqiqotlar yagona raqamli platformaga joylaştiriladi, maqom ijrosi böyiça mobil ilova işga tuşirilib, uning fonotekasi doimiy ravişda yangilab boriladi.
Öylaymanki, bugungi anjumanda iştirok etayotgan sanʼatkor va musiqaşunoslar bu muhim jarayonga munosib hissa qöşadilar.
Maqom ilmini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida xalqaro jamğarma taşkil qilişni taklif etamiz. Uşbu Jamğarma grantlari maqom böyiça ilmiy izlanişlarni, noyob manbalarni örganiş, innovatsion loyihalarni qöllab-quvvatlaş va soha vakillarini moddiy rağbatlantirişga yönaltirilsa, ayni muddao böladi.
Şu bilan birga, Jamğarma hisobidan Xalqaro maqom mukofoti ham taʼsis etilib, maqom rivojiga katta hissa qöşgan olim va sanʼatkorlar har ikki yilda rağbatlantirib borilsa, öylaymanki, bu ham maqom sanʼatining nufuzini oşirişga xizmat qiladi.
“Şaşmaqom”ning 6 ta yönalişi böyiça hududlarimizda “Maqom yöli” madaniy-turistik marşrutini yaratamiz. Jumladan, Buxoroda “Buzruk” maqomi; Samarqandda “Rost” maqomi; Xivada “Xorazm” va “Iroq” maqomi; Qöqonda “Navo” maqomi; Şahrisabzda “Dugoh” maqomi; Toşkentda “Segoh” maqomi böyiça turizm-tematik köçalari taşkil etiladi. Kafe va restoranlar, istirohat boğlari va xiyobonlarda maqom qöşiqlari doim yangrab turadi.
Tadbirimizda qatnaşayotgan ozarbayjonlik sanʼatkorlar muğomi bilan, turkiyalik ijodkorlar muqomi, tojikistonlik hofizlar maqomi, Hindiston badiiy jamoalari “raga”si, Afrika qitʼasi vakillari “nuba”si bilan “Maqom yöli” madaniy-turistik marşrutida faol iştirok etsalar, dunyo böylab maqomning xalqaro obrö-eʼtibori yanada yuksaladi deb işonaman.
Yurtimizda maqom asarlarining oltin fondini yaratib, xalqimizga yetkazib kelayotgan Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga milliy davlat ansambli maqomini beramiz. Aminmanki, uşbu yuksak eʼtirof maşhur ijodiy jamoani yanada ruhlantirib, milliy sanʼatimizning durdona asarlarini jahon sahnalariga olib çiqişda yangi kuç-ğayrat va ilhom bağişlaydi.
Hurmatli anjuman qatnaşçilari!
Hozirgi globallaşuv davrida maqom – inson qalbi va yuragida ezgu tuyğularni tarbiyalaydigan, şu asosda yoşlarning maʼnaviy olamini yuksaltiradigan hayotbaxş sarçaşma, desak, töğri böladi.
Mamlakatimizda yaxşi anʼanaga aylangan Xalqaro maqom sanʼati anjumani maqomning umrboqiy merosini kelajak avlodlarga yetkazib beradigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Ezgu maqsad yölida boşlagan bu işlarimiz sizlar kabi fidoyi insonlarning qöllab-quvvatlaşi bilan kelgusida ham izçil davom etadi deb işonaman.
Muhtaram döstlar!
Har qanday davlatning kuç-qudrati uning faqat iqtisodiy boyligi, yer osti resurslari bilangina emas, yuksak madaniyati va sanʼati bilan ham ölçanadi. Şu sababli biz bugun sizlar bilan birga ana şunday bebaho maʼnaviy xazina – maqom sanʼati bayramini xalqaro darajada nişonlamoqdamiz.
Işonçim komil, anjuman doirasida ötkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada bildiriladigan takliflar, mahoratli ijroçilarning çiqişlari nafaqat soha rivojiga, balki xalqlar örtasida qardoşlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga munosib hissa qöşadi.
Barçamizning tilagimiz yakdil va hamohang: maqom sanʼatining har bir sözi tinçlikka xizmat qilsin, har bir navosi xalqlar örtasidagi döstlikni mustahkamlasin, har bir sadosi kelajak avlodlarga milliy ğurur va maʼnaviy kuç bağişlasin.
Maqomni sevganlar heç qaçon kam bölmasin!
Uçinçi Xalqaro maqom anjumanini oçiq deb eʼlon qilaman.
Barçangizga sihat-salomatlik, jöşqin ilhom, yangi ijodiy yutuqlar, anjuman işiga esa ulkan muvaffaqiyat tilayman.
***
Hurmatli anjuman qatnaşçilari, aziz yurtdoşlar!
Futbol böyiça milliy terma jamoamiz xalqimizning 34 yillik orzularini röyobga çiqarib, jahon çempionatidagi iştirokini boşladi. Bu bizga ğurur va iftixor bağişlaydi.
Men futbolçilarimizni jahon çempionatiga kuzatiş marosimida “Sizlar allaqaçon tarix yaratib böldingiz” degan edim. Biz vatanparvar va fidoyi futbolçilarimizni Yangi Özbekistonning haqiqiy qahramonlari deb bilamiz. Öyindan öyinga tajriba orttirib, yaşil maydonda tobora yaxşiroq töp surayotgan terma jamoamiz millionlab vatandoşlarimizning orzu-istaklari va duolarini his qilib, bugungi öyinda yurtimiz şarafini munosib himoya qilişiga işonaman.
Biz jamoamiz bilan doim birgamiz va uni hamişa qöllab-quvvatlaymiz!
Omad yor bölsin, aziz öğlonlarim!
Özbekiston, olğa!

