Andijon şahrining “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilinişi doirasida ötkazilayotgan xalqaro tadbirlar iştirokçilariga

Andijon şahrining “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilinişi doirasida ötkazilayotgan xalqaro tadbirlar iştirokçilariga

25.06.2026 12:48109

Qadrli vatandoşlar!

Hurmatli anjuman iştirokçilari!

Avvalo, siz, azizlarni Buyuk ipak yölining çorrahasida joylaşgan, köhna va betakror Andijon şahrining 2026-yilda “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilinişi doirasida ötkazilayotgan tadbirlarning oçilişi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi marosimda iştirok etayotgan xalqaro taşkilotlar rahbarlari, xorijiy davlatlarning elçilari, turkiy dunyoning atoqli madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalarini qizğin qutlab, barçangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Fursatdan foydalanib, Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – TURKSOY rahbariyati va Taşkilotga aʼzo davlatlarga Andijon şahrini “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilganliklari uçun çuqur minnatdorlik bildiraman.

Heç şubhasiz, Andijon şahrining bunday yuksak şarafga munosib körilganini Özbekistonning boy tarixi, madaniy-maʼnaviy merosi, yurtimizning turkiy madaniyat rivojiga qöşgan bebaho hissasi, mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlarning xalqaro miqyosdagi yana bir eʼtirofi sifatida qabul qilamiz.

Aziz döstlar!

Vatanimizning şarqiy darvozasi bölmiş Andijon asrlar davomida madaniyat, adabiyot, sanʼat va hunarmandlik sohalaridagi markazlardan biri bölib kelgan. Bu tabarruk zamindan uluğ sarkarda va davlat arboblari, benazir allomalar, şoir va adiblar, mahoratli sanʼatkorlar yetişib çiqqanini butun turkiy olam doimo minnatdorlik bilan eʼtirof etadi.

Bu haqda gapirganda, uşbu dilbar diyorning faxr-u iftixori bölgan Bobur Mirzoning ulkan ilmiy va adabiy merosi, harbiy sanʼati, mumtoz şoirimiz Abdulhamid Çölponning ozodlik va erkinlik qadri yuksak pardalarda tarannum etilgan ölmas asarlarining özi köp narsadan dalolat berişini taʼkidlaş zarur. Milliy raqs sanʼatimizning yorqin namunasi bölmiş “Andijon polkasi”, odamlarimizning beğubor qalbi va zakovatini özida mujassam etgan askiya sanʼati nafaqat bizning, balki butun sanʼatsevar xalqlarning umumiy madaniy mulkiga aylangan, desak, mubolağa bölmaydi.

Bu kabi bebaho qadriyat va sanʼat durdonalarini asrab-avaylaş va boyitiş, ulardan yoş avlodimiz va jahon madaniy jamoatçiligini keng bahramand etiş borasida TURKSOY bilan yaqin hamkorlikni yuksak qadrlaymiz. Bu borada eng sara adabiy asarlarni öz içiga olgan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” töplami naşr etilib, öquvçilar qöliga yetib borgani, mamlakatlarimizda birgalikda köplab ilmiy anjuman va konferensiyalar, turli madaniy tadbir va taqdimotlar ötkazilayotgani, şu yilning aprel oyida Islom sivilizatsiyasi markazida TURKSOY ofisi oçilganini alohida taʼkidlaş lozim.

Özbekistonlik sanʼat va madaniyat namoyandalari bugungi kunda xalqaro sahnalarda, xususan, TURKSOY tomonidan ötkazilayotgan nufuzli anjumanlar, festival va tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etib kelmoqda. Xususan, joriy yilning fevral oyida bolalar raqs va sozandalik jamoalarimiz xalqaro festivalda Gran-prini qölga kiritgani barçamizni mamnun qildi.

Bularning barçasi xalqlarimizning teran ildizga ega qardoşlik riştalari bugun ham tobora mustahkamlanib borayotganini yaqqol namoyon etadi.

Qadrli anjuman iştirokçilari!

“Andijon – Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” loyihasi doirasida bir yil davomida mamlakatimiz va qardoş yurtlarda ötkaziladigan festival va ilmiy anjumanlar, badiiy keça va ijodiy uçraşuvlar madaniy hayotimizda çuqur iz qoldiradigan, döstlik va hamjihatlik riştalarini yanada mustahkamlaydigan, yoş avlod uçun keng imkoniyatlar oçadigan unutilmas voqea bölib qoladi deb işonaman.

Sizlarni yana bir bor çin dildan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizga ulkan zafarlar tilayman.

Özbekiston durdonasi, oltin vodiy gavhari – sölim va fayzli Andijon şahriga xuş kelibsiz, azizlar!

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: