Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

29.06.2026 11:08115

Qadrli döstlar!

Siz, azizlarni – mamlakatimizning bosma va internet naşrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlarida, naşriyot va matbaa korxonalarida sidqidildan mehnat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni, zahmatkaş jurnalistlar, muhtaram faxriylarni kasb bayramingiz bilan çin qalbimdan tabriklayman.

Men sizlarni – yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barça jurnalistlarni özim uçun doimiy maslakdoş, jonkuyar döst deb bilişimni yana bir bor izhor etaman.

Bu yil uşbu qutluğ ayyom milliy matbuotimiz asosi – jadid bobolarimiz tomonidan “Taraqqiy” gazetasi taşkil etilganiga 120 yil, yurtimizda radioeşittirişlar ilk bor tajriba tariqasida uzatilganiga 100 yil tölgan kunlarda nişonlanayotgani unga alohida şukuh bağişlamoqda.

Biz bundan ön yil oldin demokratiya, oçiqlik va şaffoflik tamoyillari, “Inson qadri uçun, inson baxti uçun!” degan ezgu ğoyaga tayangan holda Yangi Özbekistonni qurişga kirişgan edik. Ötgan qisqa davrda köp millatli xalqimizning fidokorona va şarafli mehnati bilan bu borada ulkan yutuqlarni qölga kiritdik.

Jumladan, jamiyatimizda söz erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini kengaytiriş, axborot sohasini raqamlaştiriş va zamonaviy mediamakonni şakllantiriş borasida eʼtiborga loyiq işlar amalga oşirilmoqda.

Yaratilgan mustahkam huquqiy asos, berilgan imtiyoz va preferensiyalar natijasida sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, uning tarkibida xususiy sektorning uluşi yildan yilga oşib bormoqda. Hozirgi kunda qariyb 2 ming 700 ta ommaviy axborot vositalarining 67 foizi, noşirlik subyektlarining 90 foizdan ortiği, matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektor hissasiga töğri kelmoqda. Joriy yilda naşriyotlarning işlab çiqariş quvvati ötgan yilga nisbatan ikki barobar ortib, örtaça 15 ming nomdagi jami 60 milliondan ortiq nusxada kitoblar naşr etildi.

Mazkur körsatkiçlar mamlakatda axborot sohasini liberallaştiriş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş, media faoliyatini qöllab-quvvatlaş işlari hamda axborot xizmatlari bozori kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Axborot oqimi keskin ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan bugungi davrda manbalarning işonçli ekaniga alohida eʼtibor qaratiş mamlakatimizda ham muhim könikmaga aylandi. Qisqa vaqtda turli media loyihalar orqali 10 ming yoşni qamrab oladigan zamonaviy taʼlim tizimi şakllantirildi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Biz erkin va masʼuliyatli, xalqçil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanişining zarur şartlaridan biri deb bilamiz. Bu borada ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uçun imkoniyatlarni yanada kengaytiriş, ularning huquq va manfaatlari himoyasini kuçaytiriş, kasb mahorati va malakasini oşiriş, jumladan, ijtimoiy himoyasini taʼminlaş, mehnatini rağbatlantiriş, soğliğini mustahkamlaş va yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan yangi çora-tadbirlar amalga oşiriladi.

Şuningdek, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi faoliyatini takomillaştiriş, uning nufuzini oşiriş va islohotlar jarayonidagi iştirokini kengaytiriş zarur deb öylayman. Nega deganda, tez özgarayotgan bugungi davrning özi uşbu jamoat birlaşmasi oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qöymoqda. Jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga huquqiy va informatsion-texnologik yordam körsatiş, har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda kasbiy birdamligini taʼminlaş kabi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratişni hayotning özi taqozo etmoqda.

Bu borada ilk bor mamlakatimiz böylab uç oy davomida 12 mingdan ortiq soha vakillari, jumladan, yoş jurnalistlarni jalb qilgan holda ötkazilgan Media haftalik tadbirlarini kelgusida ham davom ettiriş muhim ahamiyatga ega.

Men mamlakat rahbari sifatida milliy ommaviy axborot vositalarimiz davlat va jamiyat örtasida mustahkam köprik vazifasini bajariş barobarida xalqimizni umummilliy manfaatlar asosida birlaştiradigan, yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoşlarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan qudratli maʼnaviy kuçga aylanişi uçun barça yordam va kömakni körsatişga doimo tayyorman.

Muhtaram matbuot ahli!

Fursatdan foydalanib, bugungi quvonçli sana munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bölgan soha xodimlarini çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlab, barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Qalamingiz hamişa ötkir, sözingiz haqqoniy va taʼsirçan, ijodingiz barakali bölsin!

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: