Yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş va sohada prokuror nazorati samaradorligini oşiriş çoralari körib çiqildi

Yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş va sohada prokuror nazorati samaradorligini oşiriş çoralari körib çiqildi

29.06.2026 11:1190

Prezident Şavkat Mirziyoyev yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş va sohada prokuror nazorati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Keyingi yillarda bu borada tizimli işlar amalga oşirildi, xususan, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş böyiça maxsus va hududiy komissiyalar faoliyati yölga qöyildi, soliq va bojxona organlarida xavf tahlili hamda segmentlaş tizimlari joriy etilib, qonunçilikdagi yaşirin aylanmalarga yöl oçayotgan bir qator “tuynuk”lar yopildi, qonunga itoatkor tadbirkorlarni rağbatlantiriş çoralari esa kuçaytirildi.

Amalga oşirilgan çoralar natijasida sönggi ikki yilda kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşi 35 foizdan 23 foizgaça kamaydi, budjetga qöşimça 38 trillion söm undirildi, rasmiy band aholi soni 8,5 million nafardan oşdi, rasmiy örtaça iş haqi esa 6,5 million sömga yaqinlaşdi.

Şu bilan birga, yaşirin iqtisodiyot uluşi hali ham yuqoriligiça qolmoqda. Statistik baholaşlarga köra, joriy yilning birinçi çoragida kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qişloq xöjaligida 81,1 trillion sömni, savdo va xizmat körsatiş sohasida 24,5 trillion sömni, qurilişda 23,9 trillion sömni, sanoatda esa 6,7 trillion sömni taşkil qilmoqda.

Yaşirin iqtisodiyot budjet daromadlarini kamaytiriş bilan bir qatorda mamlakatdagi soğlom raqobat muhitiga salbiy taʼsir körsatiş, norasmiy bandlik tufayli fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganlik darajasini pasaytiriş, aholi (isteʼmolçilar) hamda tadbirkorlik subyektlarining qonun bilan belgilangan kafolat va qöllab-quvvatlaş mexanizmlaridan töliq foydalana olmaslik kabi oqibatlarga olib keladi.

Mamlakatimizda 2030-yilgaça yaşirin iqtisodiyot hajmini ikki barobar qisqartiriş, rasmiy band aholi sonini 14 million nafarga, naqdsiz tölovlar uluşini 75 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Davlatimiz rahbari tomonidan sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda sohalar va hududlar kesimida yaşirin iqtisodiyot xavfi, ehtimoliy budjet yöqotişlari va qöşimça daromad manbalarini aks ettiradigan yagona raqamli platformani yaratiş, uşbu platforma yordamida xufiyona aylanmalarni keltirib çiqarayotgan omillarni aniqlaş hamda bartaraf etiş zarurligi böyiça körsatmalar berilgan edi.

Taqdimotda aynan şu maqsadda Boş prokuratura tomonidan yaratilgan va sinov tariqasida işga tuşirilgan “Yaşirin iqtisodiyot xaritasi” platformasining imkoniyatlari haqida axborot berildi.

Platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmoği, 85 ta soha, 14 ta maʼmuriy hudud va 208 ta tuman-şahar kesimida yaşirin aylanmalar xavfini aniqlaş va masʼullar tomonidan ularning bartaraf etilişini nazorat qiliş orqali budjet daromadlarini oşiriş hamda soğlom raqobatni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.

Platformani işlab çiqişda soliq, bojxona, moliya, iqtisodiyot, statistika, ekonometrika va ehtimollar nazariyasi yönalişlari böyiça bir qator malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzdan ortiq xavf mezonlari işlab çiqilgan hamda ularga hudud va tarmoqlarning öziga xos xususiyatlari, soliq rejimi, tovar aylanmasi, budjet uçun ahamiyati va boşqa omillarni inobatga olgan holda individual koeffitsiyentlar belgilangan.

Soha va hududlar kesimida yaşirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy budjet yöqotişlarini aniqlaş maqsadida platformaga 16 ta masʼul vazirlik va idoraning axborot tizimlari integratsiya qilingan va barça maʼlumotlarni real vaqt rejimida qayta işlaş imkoniyati yaratilgan.

Platforma tahlillari asosida yaşirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy budjet yöqotişi miqdoridan kelib çiqib, soha va hududlar avtomatik tarzda “yaşil”, “sariq” hamda “qizil” toifalarga ajratiladi.

Mazkur platforma orqali litsenziyasiz faoliyat yuritiş, haqiqiy aylanma, iş örinlari va mehnatga haq tölaş jamğarmasini yaşiriş, rentabellik va foydani kamaytiriş kabi xavflar avtomatik aniqlanadi.

Taqdimotda platformaning imkoniyatlaridan foydalangan holda sohada prokuror nazoratini raqamlaştiriş orqali uni yangi bosqiçga olib çiqiş taklif etildi.

Mazkur jarayonda yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga masʼul vazirlik va idoralarning kuç va vositalari platforma tahlillari asosida manzilli yönaltiriladi, ularni nazorat qilişda esa inson omili yanada kamaytiriladi. Yaşirin iqtisodiyot xavfi yuqori bölgan soha va hududlar avtomatik tarzda aniqlanadi, sabablar tahlil qilinadi, masʼul idoralarga manzilli topşiriqlar beriladi, ijro nazorat qilinadi va natijalar baholab boriladi.

Agar tuman yoki şahar darajasida muammo hal etilmasa, masala viloyat bosqiçiga, zarur hollarda respublika darajasiga olib çiqiladi. Tizim orqali muammoning ildiz sabablari aniqlanib, uni bartaraf etiş, qonunçilikni takomillaştiriş va budjet daromadlarini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiladi.

Davlatimiz rahbari yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişda asosiy eʼtibor raqamlaştiriş, maʼlumotlar almaşinuvini kuçaytiriş, inson omilini kamaytiriş va nazoratni manzilli taşkil etişga qaratilişi zarurligini yana bir bor taʼkidladi.

Masʼullarga 1-oktabrga qadar 70 dan ortiq axborot tizimini platformaga integratsiya qiliş, 1-yanvarga qadar barça hududlar va sohalarni uşbu platforma bilan qamrab olib, töliq işga tuşiriş topşirildi.

Şuningdek, barça tadbirkorlik subyektlari uçun teng raqobat şaroitlarini yaratiş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişda mutasaddilarning masʼuliyatini oşirişda prokuror nazoratini kuçaytiriş vazifasi qöyildi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: