Özbekiston Prezidenti Jahon banki bilan şeriklikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi

Özbekiston Prezidenti Jahon banki bilan şeriklikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi

30.06.2026 12:01129

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Jahon banki taʼsisçi davlatlarining “Şveysariya guruhi” yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatimizda bölib turgan bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezidenti Antonella Bassani boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Antonella Bassani davlatimiz rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni Yangi Özbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlarning ustuvor yönalişlari böyiça keng miqyosda rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Sönggi yillarda uşbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan ikki tomonlama aloqalar va konstruktiv şeriklik misli körilmagan darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ötgan yil sentabr oyida Nyu-York şahrida Jahon banki prezidenti bilan erişilgan oliy darajadagi kelişuvlar izçil amalga oşirilmoqda.

Qöşma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oşdi. Toşkent şahrida Jahon bankining mintaqaviy ofisi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Moliyalaştirişning yangi mexanizmlari samarali joriy etilmoqda.

Joriy yilda bölib ötadigan Jahon banki oliy rahbariyatining taşriflari va qöşma tadbirlarga puxta tayyorgarlik köriş muhimligi taʼkidlandi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng asosiy yönalişlarini qamrab oluvçi yangi uzoq muddatli Mamlakat dasturini işlab çiqiş rejalari qöllab-quvvatlandi.

Kiçik va örta biznesni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlarini amalga oşiriş, davlat korxonalarini xususiylaştiriş böyiça qöşma dasturlarni ilgari suriş hamda iqtisodiyot tarmoqlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etişda Jahon banki guruhining moliyaviy vositalaridan foydalanişni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Suv xöjaligi sohasini moliyalaştiriş, inson kapitalini rivojlantiriş, şuningdek, Özbekistonning xalqaro reytinglardagi örnini yaxşilaşga kömaklaşiş masalalarida yaqin hamkorlikni yölga qöyiş ham ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: