Özbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamğarmasi bilan şeriklikni kengaytiriş muhimligini taʼkidladi

Özbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamğarmasi bilan şeriklikni kengaytiriş muhimligini taʼkidladi

30.06.2026 12:06125

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Xalqaro valyuta jamğarmasi “Şveysariya guruhi”ning navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan jamğarma boşqaruvçi direktorining örinbosari Bo Lini qabul qildi.

Uçraşuv avvalida Bo Li davlatimiz rahbariga Xalqaro valyuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyevaning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Global moliya bozorlarining bugungi holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi.

Uşbu nufuzli xalqaro institut bilan amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ötgan yil sentabr oyida Nyu-York şahrida Xalqaro valyuta jamğarmasi rahbari bilan ötkazilgan uçraşuvda erişilgan kelişuvlar doirasida yanada mustahkamlaşning asosiy jihatlari körib çiqildi.

Yurtimizda pul-kredit, valyuta va fiskal siyosatni takomillaştiriş kabi yönalişlarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda jamğarma muhim örin tutişi qayd etildi.

Makroiqtisodiy siyosat strategiyasi va raqamli tölovlar tizimini rivojlantiriş, kapital harakatini liberallaştiriş, milliy statistika metodologiyasi va davlat daromadlarini boşqarişni takomillaştiriş hamda erkin valyuta ayirboşlaş kursini qöllab-quvvatlaş masalalarida ekspertlik va texnik kömakni yanada kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi.

Mamlakatimiz iqtisodiy idoralari uçun kadrlar tayyorlaş dasturlarini rivojlantiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: