Özbekiston Prezidenti davlat taşrifi bilan Gruziyada böladi

Özbekiston Prezidenti davlat taşrifi bilan Gruziyada böladi

01.07.2026 15:50119

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-3-iyul kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.

Tbilisi şahrida Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili hamda Boş vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar ötkazilişi közda tutilgan.

Muzokaralar kun tartibidan Özbekiston – Gruziya döstlik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari örin olgan.

Siyosiy muloqotni mustahkamlaş, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş hamda madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştirişning amaliy jihatlari atrofliça muhokama qilinadi.

Tomonlar sanoat, farmatsevtika, kimyo, qişloq xöjaligi, turizm, energetika va axborot texnologiyalari sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida eʼtibor qaratadilar.

Şu bilan birga, transport-logistika sohasida hamkorlik qiliş hamda mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş masalalari diqqat markazida böladi.

Yetakçilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almaşadilar.

Sammit yakunlari böyiça hamkorlikning turli yönalişlarini qamrab oladigan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplamini imzolaş rejalaştirilgan.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: