Turkiya Respublikasiga xizmat safari

Turkiya Respublikasiga xizmat safari

02.07.2026 16:5932

Turkiya Respublikasining Istanbul şahri, Bekirkyoy tumanida 600 örinli maktab, şu jumladan 60 örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti hamda 30 örindan kam bölmagan yotoqxona binosini quriş hamda Özbekiston Respublikasining Anqara şahridagi elçixonasi binolari majmuasi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini Turkiya qonunçiligi talablariga muvofiq işlab çiqiş, quriliş işlarini taşkillaştiriş va jadallaştiriş hamda mazkur loyihani belgilangan muddatda foydalanişga topşirişni taʼminlaş masalalarini Turkiyaning tegişli mutasaddilari bilan muhokama qiliş maqsadida joriy yilning 23 - 27-iyun kunlari Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hamda Maktab va maktabgaça taʼlim vazirligi masʼul vakillari bilan birgalikda Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati Boş direktori O.Egamberdiyev Turkiya Respublikasiga (Istanbul va Anqara şaharlariga) xizmat safarida böldi.

Xizmat safari davomida Istanbul şahrida Özbek maktabi va Özbekiston Respublikasining Anqara şahridagi elçixonasi binolari majmuasini quriş bilan boğliq taşkiliy va texnik masalalarni ikki tomonlama manfaatli hal etiş hamda Turkiyaning tegişli vazirlik va idoralari masʼullari bilan muzokaralar ötkazildi.

 

 

Ulaşiş: