Özbekiston va Gruziya Prezidentlari ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlik rivojlanayotganini olqişladilar

Özbekiston va Gruziya Prezidentlari ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlik rivojlanayotganini olqişladilar

03.07.2026 11:40167

Gruziyaga davlat taşrifi doirasida Tbilisi şahridagi Orbeliani saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvilining muzokaralari bölib ötdi.

Özbekiston – Gruziya köp qirrali munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari Gruziya Prezidentiga samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirib, uşbu mamlakatga davlat taşrifi sönggi 23 yilda ilk bor amalga oşirilayotganini alohida taʼkidladi.

Parlamentlar, hukumatlar va işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ötgan yil yakunlariga köra, tovar ayirboşlaş hajmi 270 million dollarga yetdi, qöşma loyiha va korxonalar soni ortib bormoqda. Mamlakatimizda Gruziyaning birinçi raqamli banki – “TBC” muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Toşkent bilan Tbilisi va Batumi şaharlari örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar amalga oşirilmoqda. Joriy yilning mart oyida Özbekiston poytaxtida Gruziya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli ötkazildi.

Özaro savdo hajmini, jumladan, Poti va Batumi portlari salohiyatidan samarali foydalaniş orqali yanada oşiriş masalalariga ustuvor eʼtibor qaratildi.

Farmatsevtika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va turizm sohalarida kooperatsiyani rivojlantiriş uçun imkoniyatlar mavjudligi körsatib ötildi.

Işbilarmonlik, turistik va gumanitar almaşinuvlarni yölga qöyiş uçun hududlar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş muhimligi taʼkidlandi.

Uçraşuv yakunida Şavkat Mirziyoyev Mixail Kavelaşvilini mamlakatimizga taşrif bilan kelişga taklif etdi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: