Özbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Özbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

03.07.2026 13:02127

Tbilisi şahridagi tadbirlar doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin möyna” ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston – Gruziya köp qirrali munosabatlarini rivojlantirişga qöşgan ulkan hissasi uçun davlatimiz rahbariga uşbu mukofotni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili topşirdi.

Özbekiston yetakçisi Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili, Boş vaziri Irakliy Kobaxidze hamda Parlament Raisi Şalva Papuaşviliga yuksak mukofot uçun minnatdorlik bildirib, döst Gruziya xalqiga tinçlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

1998-yilda taʼsis etilgan “Oltin möyna” ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bölib, xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlaş hamda gruzin madaniyati, ilm-fani va sanʼatini tarğib etiş borasidagi alohida xizmatlar uçun beriladi.

Ordenning nomi Oltin möyna haqidagi qadimgi yunon afsonasi hamda hozirgi Gruziya hududida joylaşgan tarixiy ölka – Kolxida bilan boğliq.

Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya Qiroliçasi Yelizaveta II, Iordaniya Podşohi Abdulla II, Germaniya Kansleri Gerxard Şryoder, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev va boşqalar taqdirlangan.

Şuningdek, davlatimiz rahbari Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

 

 


president.uz

Ulaşiş: