Özbekiston va Gruziya munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarildi

Özbekiston va Gruziya munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarildi

03.07.2026 17:00131

Bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Şuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almaşildi. Jumladan:

– Bojxona işlarida hamkorlik va özaro maʼmuriy yordam töğrisida bitim;

– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlaştiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Özbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati örtasida 2026-2027-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;

– Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Gruziya Madaniyat vazirligi örtasida 2027-2030-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;

– Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi örtasida özaro anglaşuv memorandumi;

– “E-Permit” ruxsatnomalar almaşinuvi axborot tizimini joriy etiş böyiça hamkorlik töğrisida memorandum;

– Qişloq xöjaligi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;

– Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum;

– Soğliqni saqlaş sohasida özaro anglaşuv memorandumi;

– Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari böyiça hamkorlik hamda axborot almaşiş töğrisida memorandum;

– Mehnat migratsiyasi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;

– Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum.

Şuningdek, taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gruziya Adliya vazirligi huzuridagi Milliy ijro byurosi örtasida hamkorlik töğrisida memorandum ham imzolandi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: