Prezidentimiz Sergelidagi zamonaviy tibbiyot markazini közdan keçirdi

Prezidentimiz Sergelidagi zamonaviy tibbiyot markazini közdan keçirdi

06.07.2026 10:37143

Prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida joylaşgan “Global International Hospital” xususiy köp tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanişdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oşiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan. Şu maqsadda sohaga investitsiyalar jalb etilib, tibbiyotda xususiy sektor faoliyati ham qöllab-quvvatlanmoqda.

Mazkur zamonaviy tibbiyot markazi bugungi kunda aholiga talab yuqori bölgan köplab yönalişlar böyiça tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.

Markazni barpo etiş uçun 30 million dollar investitsiya yönaltirilgan. Bu yerda yiliga 150 ming nafardan ortiq aholiga tibbiy xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi. Umumiy maydoni 0,5 gektar bölgan muassasada yillik xizmatlar hajmini 15 milliard sömga yetkaziş rejalaştirilgan.

Davlatimiz rahbariga markaz faoliyati töğrisida taqdimot qilindi. Prezidentimiz jarrohlik, reanimatsiya va davolaş bölimlari, situatsion markazda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.

Loyiha doirasida 250 ta yangi iş örni yaratilgan. Jamoada xorijda malaka oşirgan 10 nafardan ziyod yuqori malakali mutaxassis va çet ellik şifokorlar ham bor.

Markaz Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniyadan keltirilgan zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan. Xususan, muassasaga PHILIPS kompaniyasining ilğor tibbiy texnologiyalari örnatilgan.

Davlatimiz rahbari markazni ayrim yönalişlar böyiça tayanç tibbiyot muassasasiga aylantiriş muhimligini taʼkidladi. Bu yerda töplanadigan ilğor tajriba asosida şifokorlar malakasini oşiriş va zamonaviy tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş yuzasidan mutasaddilarga körsatmalar berildi.

Prezidentimiz markaz xodimlari bilan muloqot qildi. Sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş, xususiy tibbiyot taşkilotlari sonini köpaytiriş hamda aholiga sifatli, zamonaviy va samarali tibbiy xizmat körsatiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

– Har bir bemorga sifatli va munosib xizmat körsatiş bilan birga, tibbiy va turizm xizmatlarini uyğunlaştiriş zarur. Bu yönalişni keng tarğib qiliş, xorij tajribasini örganib, şifoxonalar huzurida mehmonxona infratuzilmasini rivojlantiriş kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

 

 


president.uz

Ulaşiş: