Toşkent şahri va Sergeli tumanini rivojlantiriş hamda mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş masalalari muhokama qilindi

Toşkent şahri va Sergeli tumanini rivojlantiriş hamda mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş masalalari muhokama qilindi

06.07.2026 10:43114

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Toşkent şahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Davlatimiz rahbari sönggi yillarda Sergeli tumanida katta özgarişlar amalga oşganini taʼkidladi. Yaqin-yaqingaça poytaxtning çekka hududi hisoblangan Sergelida aholi işlaş, daromad topiş, dam oliş va tibbiy xizmatlardan foydalaniş uçun asosan şahar markaziga borişga majbur edi.

Bugun esa tumanda muhit va odamlarning yaşaş tarzi tubdan özgardi. Sönggi ön yilda bu yerda 30 ming xonadonli yangi uy-joylar, umumiy maydoni 2 million kvadrat metr bölgan sanoat, savdo va servis obyektlari barpo qilindi.

Tadbirkorlar soni 2,5 mingtadan 6 ming 200 taga köpaydi. Tumanda şakllangan budjet tuşumlari 382 milliard sömdan 2 trillion 200 milliard sömga, yaʼni 5,5 barobar oşdi. Aholi uçun 5 ta yirik dam oliş maskani va istirohat boğlari işga tuşirildi.

Toşkent viloyatidan ötgan 13 ta mahalla hisobidan Sergeli tumani hududi 1 ming 800 gektarga kengayib, jami 5,6 ming gektarga yetdi. Tumanni boşqa hududlar va şahar markazi bilan boğlaydigan 9 kilometrlik yöl, 8 ta stansiyadan iborat yangi metro liniyasi bunyod etildi.

Maktab örinlari 25 mingdan 38,5 mingga, boğça örinlari 7,5 mingdan 15,5 mingga köpaydi. 50 ta davlat va xususiy klinika oçildi.

Şu bilan birga, transport, yöl, elektr, suv va kanalizatsiya kabi infratuzilma tarmoqlarini yaxşilaş böyiça yeçimini kutayotgan masalalar hali köpligi taʼkidlandi.

Aholini xatlovdan ötkaziş böyiça dastlabki natijalar Sergeli tumanidagi real vaziyatni aniq körsatdi. Ilgari tuman aholisi 181 ming nafar deb yuritilgan bölsa, xatlov natijasiga köra, hududda aslida 236 mingga yaqin aholi yaşayotgani maʼlum böldi. Yaqin yillarda Sergeli aholisi 300 ming nafardan ortişi kutilmoqda.

Şu bois, rahbarlarda uy-joy, boğça, maktab, poliklinika va iş örinlarini aholi ösişiga mos ravişda köpaytiriş böyiça hozirdan aniq reja va dastur bölişi zarurligi bildirildi.

Bu yil Sergelini rivojlantiriş uçun budjetdan 173 milliard söm, banklar orqali 2 trillion 200 milliard söm resurs ajratilgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga uşbu mablağlarni samarali işlatib, qöşilgan qiymatni 2-3 karra oşiriş böyiça rejalarni amalga oşiriş vazifasi qöyildi.

Joriy yilda poytaxt tumanlari jami 9 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirişi belgilangan. Sergelining öziga ötgan beş oyda 236 million dollar investitsiya kiritildi. Yil yakunigaça 60 ta loyihani boşlaş hisobidan yana 750 million dollar investitsiya jalb qiliş rejalaştirilgan.

Poytaxt şaroitida sanoat loyihalarini joylaştirişda yer masalasi eng katta muammo ekani körsatib ötildi. Şu bois, “Yangi avlod” sanoat zonasidan poytaxtning 12 ta tumaniga joy ajratiş hamda investitsiya, sanoat, iş örni, eksport va budjet tuşumi körsatkiçlarini loyiha qilgan tumanning öziga yoziş tizimini joriy etiş topşirildi.

Yiğilişda yer ustidan ötgan metro yönalişi ostida savdo va servis obyektlarini taşkil etiş tajribasi ham körib çiqildi. Bunda davlat yerdan foydalaniş huquqini auksionga çiqarib, loyiha va infratuzilmasini tayyorlab beradi, qolganini tadbirkorlar amalga oşiradi.

Sergelida metro liniyasining yana 8,5 kilometr qismida şunday işlar yakuniga yetkazilsa, 137 ta savdo-servis obyekti, 1-1,5 mingta iş örni yaratiladi, tuman budjetiga 20-25 milliard söm qöşimça tuşum tuşadi.

Umuman, yer usti metro liniyasining Yaşnobod, Sergeli va Yangihayot tumanlaridan ötgan 23 kilometr hududida bunday loyihalar amalga oşirilsa, yana 400 ta tadbirkor biznes boşlab, 3 mingta iş örni yaratişi mumkin.

Yerlarni qurilişga ruxsat, arxitektura-rejalaştiriş topşiriği va loyihasi bilan birga tayyor paket şaklida auksionga çiqariş böyiça Sergelida yangi tajriba boşlandi. Davlatimiz rahbari mazkur tajribani nafaqat yer uçastkalari, balki sotuvga qöyilayotgan davlat obyektlari va sanoat zonalariga ham tatbiq etiş zarurligini taʼkidladi.

Toşkent viloyati hududidan olti yil oldin Sergeliga qöşilgan 13 ta mahallada 14,5 ming xonadon bor, ularda 50 mingdan ortiq aholi yaşaydi. Lekin bu hududlar aholisi haligaça şahar muhitini töliq his qilgani yöq.

Mazkur mahallalarda yoritiş uçun 629 ta temir-beton ustun örnatilib, kabel tortilgan. Ammo tizim hali işga tuşmagani tanqid qilindi. Mutasaddilarga ön kun muddatda uşbu masalani hal qiliş topşirildi. Şuningdek, yil yakunigaça uşbu mahallalarni kanalizatsiya tarmoğiga töliq ulaş vazifasi qöyildi.

Sergeli tumanida aholi va tadbirkorlarning soni oşgani sababli elektr energiyasiga yillik talab beş yilda 40 foizga köpaydi. Ayrim mahallalarda elektr kuçlanişi meʼyordan 1,5-2 barobar pastligi qayd etildi.

“Şaharoldi”, “Özgariş” va “Qumariq” nimstansiyalarini işga tuşiriş uçun jami 107 milliard söm ajratilgan. Mutasaddilarga uşbu obyektlarni aniq muddatlarda işga tuşiriş va aholiga kafolatli elektr taʼminotini yölga qöyiş vazifasi qöyildi.

Umuman, poytaxtning Bektemir, Mirzo Uluğbek, Sergeli, Yaşnobod va Yangihayot tumanlariga ötgan 46 ta mahallada elektr, suv, kanalizatsiya va yöl böyiça birorta hal etilmagan masala qolmasligi kerakligi taʼkidlandi.

Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini qiynab kelayotgan yana bir masala – suv tozalaş inşooti atrofidagi badböy hiddir. Mutasaddilarga 1-sentabrgaça oqova suv qabul qiliş inşootiga zamonaviy filtrlaş uskunalarini örnatib, mazkur muammoni bartaraf etiş topşirildi.

Kelgusi yildan Birlaşgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Çirçiq tumanida quvvati 300 ming kub metr bölgan zamonaviy suv tozalaş inşooti qurilişi boşlanadi. Buning hisobidan Sergelidagi suv tozalaş inşootiga yuklama keskin kamayadi.

Joriy yil aholiga qulaylik yaratiş maqsadida Sergelining asosiy 23 kilometr yölida harakat xavfsizligi qayta körib çiqilmoqda. Çorrahalarga 455 ta “aqlli” svetofor örnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanib, 10 ming örinli avtoturargoh taşkil qilinadi.

Kelasi yil Yangi Sergeli köçasida avtobuslar uçun 5,5 kilometrlik BRT yölak quriş rejalaştirilgan. Bu yölak Şota Rustaveli köçasi bilan boğlanadi. Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boşqa hududlari bilan boğlaydigan Toşkent halqa yölidagi yangi köprik qurilişini tezlaştiriş zarurligi qayd etildi.

Yil boşidan buyon Toşkent şahriga qariyb 3 million xorijlik sayyoh taşrif buyurdi. Ularning köpçiligi tarixiy obidalar, istirohat boğlari, bozorlar, kafe-restoranlar va turistik mahallalarga piyoda borib, xotirjam sayr qilişni istaydi.

Buning uçun yöl körsatkiçlari, qulay marşrutlar va raqamli xaritalar zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stansiyalarida sayyohlar uçun şahar marşrutlarini körsatuvçi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalarni joriy etiş topşirildi.

Şuningdek, poytaxt mehmonlari va sayrga çiqqan aholi uçun hojatxonalar yetişmasligi qayd etildi. Bir oy muddatda alohida dastur işlab çiqib, şu yilning özida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona quriş uçun yerlarni auksionga çiqariş vazifasi qöyildi. Çiqindi qutilarini keskin köpaytiriş böyiça ham çoralar köriladi.

Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5-2 karra yuqori yuklamada işlamoqda. Yiğilişda maktablarda öquvçi örnini 2 karra köpaytiriş imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar quriş loyihasi taklif qilindi.

Yangi loyihaga köra, sport zali, oşxona va ustaxona yertölada joylaşadi, yuqori qavatlardan esa sinfxonalar sifatida foydalaniladi. Bu yil Toşkent şahrining har bir tumanida bittadan maktab va boğçada uşbu yondaşuvni joriy etib, “poytaxt tajribasi”ni yaratiş topşirildi.

Poytaxtda aholi va turistlar uçun salqin mikroiqlim yaratiş maqsadida 12 ta sunʼiy köl barpo etiş işlari boşlanmoqda. Şundan 3 tasi Sergelida – Qöşqörğon, Sultonobod va Faroğatli mahallalarida jami 22 gektar maydonda taşkil etiladi.

Uşbu köllarni poytaxt iqlimini mötadil saqlaşga, odamlar piyoda sayr qilib, hordiq çiqarişiga xizmat qiladigan maskanlarga aylantiriş vazifasi qöyildi. Şuningdek, “Jön” kanalining Sergeli va Yangihayot tumanlaridan ötgan 5 kilometr qismini betonlaştiriş boşlangani qayd etildi. Sergeli va Yangihayot tumanlari hokimlariga yil yakunigaça kanal böyida sayilgoh va salomatlik yölagini taşkil etiş topşirildi.

Yiğilişda mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlaş böyiça poytaxt namunasini yaratiş masalasi ham körib çiqildi. Poytaxt tumanlariga respublika rahbarlari biriktirilgani öz natijasini berayotgani taʼkidlandi.

Olti oyda 230 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi, 332 ta mahallada jinoyat keskin qisqardi. Kriminogen vaziyati taşvişli mahallalar soni 60 tadan 23 taga tuşdi. Bu şaharda jamoat xavfsizligini taʼminlaş böyiça yangi yondaşuvlar samara berayotganini körsatmoqda.

Sergeli tumanida ham xavfsiz muhit yaratiş böyiça ijobiy natijalar qayd etildi. Kriminogen vaziyati oğir deb baholangan 29 ta mahalla “yaşil” toifaga ötdi. 17 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi. Sergeli bu borada Toşkent şahri tumanlari orasida eng yaxşi natijalardan birini körsatdi.

Davlatimiz rahbari Özgariş mahallasidagi profilaktika işlari böyiça tajribani ommalaştiriş, tumandagi qolgan 46 ta mahallani “yaşil” toifaga ötkaziş, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş, yoşlar bilan işlaş böyiça yangi yondaşuvlarni joriy etiş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

Yiğilişda hokimlar va masʼullarning axboroti tinglandi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: