Özbekiston Prezidenti Iordaniya bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini qayd etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Boş vaziri örinbosari, taşqi işlar va muhojirlar masalalari böyiça vaziri Ayman Husayn Safadiy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston bilan Iordaniya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ötgan yili Samarqandda oliy darajada ötgan sermahsul muzokaralar ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Erişilgan kelişuvlar doirasida joriy yilda parlamentlararo döstlik guruhlari tuzildi, Hukumatlararo qöşma komissiyaning ilk yiğilişi ötkazilib, Işbilarmonlar kengaşi taʼsis qilindi, şuningdek, havo qatnovlari yölga qöyildi.
Kelgusida siyosiy muloqotlarni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda qöşma loyiha va dasturlarni ilgari surişga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

