Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Belarusda böladi

Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Belarusda böladi

08.07.2026 10:27130

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning taklifiga binoan 8-9-iyul kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Taşrif dasturiga muvofiq, Minsk şahrida oliy darajadagi muzokaralar ötkazilişi közda tutilgan.

Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.

Özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, qişloq xöjaligi, maşinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantiriş masalalari diqqat markazida böladi.

Madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Sammit yakunida ustuvor yönalişlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplamini qabul qiliş rejalaştirilgan.

Taʼkidlaş joizki, taşrif arafasida Minsk şahrida ikki mamlakat hududlari delegatsiyalari va işbilarmon doiralari iştirokida uçinçi Hududlararo forum ham bölib ötadi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: