Özbekiston Prezidenti AQŞning “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab berdi

Özbekiston Prezidenti AQŞning “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab berdi

08.07.2026 10:38137

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni “BlackRock” kompaniyasi direktorlar kengaşi aʼzosi va katta boşqaruvçi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi.

Uçraşuvda strategik şeriklikni, avvalo, yoqilği-energetika sohasida yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi. Kompaniyaning Özbekistondagi loyihalari faol amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab berdi. Xususiylaştiriş sohasida şeriklikni kengaytiriş, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, moliya bozorini rivojlantiriş, neft-kimyo tarmoğidagi loyihalarni ilgari suriş hamda sunʼiy intellekt texnologiyalariga qöşma investitsiya kiritiş şular jumlasidan.

“BlackRock” aktivlar va jamğarmalarni boşqariş hamda moliyaviy xizmatlar körsatişga ixtisoslaşgan yirik investitsiya kompaniyasidir. 2026-yilda kompaniya boşqaruvidagi aktivlar hajmi 14 trillion dollarga yetdi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: