Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

09.07.2026 14:46118

Minsk şahridagi Mustaqillik saroyida rasmiy taşrif bilan Belarus Respublikasida bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oliş marosimi ötkazildi.

Saroy oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko samimiy kutib oldi.

Davlat madhiyalari yangradi.

Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tuşilgandan söng oliy darajadagi muzokaralar boşlandi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: