Özbekiston va Belarus munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarildi
Bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Şuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almaşildi. Jumladan:
– 2026-2030-yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi;
– Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Belarus Respublikasi Taşqi işlar vazirligi örtasida 2026-2027-yillarga möljallangan maslahatlaşuvlar dasturi;
– 2005-yil 19-yanvardagi “Fuqarolarning özaro qatnovlari töğrisida”gi bitimga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida bayonnoma;
– Belarus Respublikasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolarini taşkiliy asosda qabul qiliş va jalb etiş töğrisida bitim;
– Örmon xöjaligini rivojlantiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
– 2026-2028-yillarga möljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi;
– Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi örtasida 2027-2028-yillarga möljallangan hamkorlik böyiça çora-tadbirlar rejasi;
– Özaro sayyohlar oqimni köpaytiriş va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça 2026-2027-yillarga möljallangan qöşma harakatlar rejasi;
– 2026-2028-yillarda agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş böyiça “yöl xaritasi”;
– Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi hamda Belarusning “Bellegprom” davlat konserni örtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi örtasida aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasidagi hamkorlik böyiça özaro anglaşuv memorandumi;
– Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Belarus Respublikasi Moliya vazirligi örtasida moliyaviy masalalar böyiça özaro anglaşuv memorandumi;
– Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Belarus strategik tadqiqotlar instituti örtasida Özbekiston – Belarus ekspertlar kengaşini taʼsis etiş töğrisida memorandum;
– Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Belarus Respublikasi Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat vazirligi örtasida agrosanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça ahdlaşuv memorandumi;
– Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi örtasida ilmiy-texnik hamkorlik böyiça özaro anglaşuv memorandumi.
Şuningdek, taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamğarmasi örtasida ham memorandum imzolandi.

