Özbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy taşrifi yakunlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy taşrifi yakunlandi. Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko kuzatib qöydi.
Minsk şahrida davlat rahbarlarining tor doiradagi hamda rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi.
Yetakçilar siyosiy muloqotni yanada rivojlantiriş hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini taʼkidladilar. Köp qirrali şeriklikni uzoq muddatli rivojlantiriş borasidagi intiliş qatʼiy ekani tasdiqlandi, ustuvor yönalişlardagi yangi loyihaviy taşabbuslar körib çiqildi.
Muzokaralar yakunida Prezidentlar Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi ham bölib ötdi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonotlarda uşbu rasmiy taşrif Özbekiston – Belarus munosabatlari rivojida tarixiy voqea, mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşda yangi bosqiçning boşlanişi ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Rasmiy taşrif tadbirlari yakunlangaç, Prezidentimiz Toşkent şahriga jönab ketdi.

