Özbekiston Prezidenti ICESCO bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini qayd etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida iştirok etiş uçun yurtimizga kelgan Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat taşkiloti (ICESCO) boş direktori Salim al-Malikni qabul qildi.
Özbekiston va Islom hamkorlik taşkilotining uşbu nufuzli instituti örtasida köp qirrali şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Xalqaro tuzilma bilan amaliy hamkorlik izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida ICESCO kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda Toşkentda taşkilotning ofisi oçildi. Fevral oyida Islom olami madaniy merosi qömitasining navbatdagi yiğilişi yakunlariga köra, mamlakatimizning 7 ta moddiy va nomoddiy meros obyekti ICESCO röyxatiga kiritildi.
Muloqotda madaniy yodgorlik va qölyozmalarni restavratsiyalaş, muhofaza qiliş hamda raqamlaştiriş, yurtimizning boy tarixiy merosini xalqaro media platformalari orqali keng tarğib qiliş, şuningdek, qöşma tadbirlar ötkaziş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalaştirişga qöşgan şaxsiy hissasi uçun Salim al-Malikni yuksak mukofot – “Döstlik” ordeni bilan taqdirladi.

