Xalqaro taʼlim standartlari asosida kadrlar tayyorlaş böyiça yangi yondaşuvlar taqdimot qilindi

Xalqaro taʼlim standartlari asosida kadrlar tayyorlaş böyiça yangi yondaşuvlar taqdimot qilindi

13.07.2026 10:58146

Prezident Şavkat Mirziyoyev xalqaro taʼlim standartlari asosida örta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etiş, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Mamlakatimizda sönggi sakkiz yilda oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş, yoşlarning sifatli taʼlim olişi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirildi.

Jumladan, oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 ming nafardan 1,7 million nafarga yetdi. Joriy yilning özida 643 ta texnikumning 100 tasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Şveysariya, Xitoy va Koreya kabi davlatlarning ilğor kasbiy taʼlim dasturlari joriy etilmoqda.

“Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Özbekiston Milliy universiteti nufuzli xalqaro reytinglarda dunyoning eng yaxşi mingta oliy taʼlim muassasasi qatoridan örin oldi. Oliygohlardagi 157 ta taʼlim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan ötkazildi.

Şu bilan birga, taʼlim sifatini yanada oşiriş, milliy oliygohlarning xalqaro raqobatbardoşligini kuçaytiriş va bitiruvçilarning global mehnat bozorida munosib örin egallaşi uçun işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş zarurligi qayd etildi.

2030-yilga qadar kamida 5 ta oliygohni umumiy reyting böyiça, yana 10 tasini fan yönalişlari kesimida dunyoning eng yaxşi 500 ta universiteti qatoriga kiritiş maqsad qilingan. Şuningdek, 100 ta oliygoh dasturini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş, kamida 150 ta texnikumda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qiliş rejalaştirilgan.

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilari va pedagoglarining kamida 30 foizini xorijiy til, kasb va mutaxassislik böyiça xalqaro sertifikatlar bilan taʼminlaş, texnikumlarning 2,5 ming nafar hamda oliygohlarning 20 ming nafar pedagogini xorijda malaka oşirişga yuboriş vazifalari belgilangan.

Taqdimotda integratsiyalaşgan taʼlim dasturlarini keng joriy etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda qator oliygohlarda xorijiy universitetlar bilan qöşma dasturlar yölga qöyilgan. Ammo ular asosan ikki oliygoh örtasida taşkil etilib, talabalarning taʼlim yönalişini erkin tanlaş imkoniyati çeklangan.

Xalqaro amaliyotda esa integratsiyalaşgan dasturlar talabaga öqiş davomida bir neçta universitetda taʼlim oliş, turli mamlakatlar akademik muhiti va taʼlim standartlaridan foydalaniş imkonini beradi.

Toşkent şahridagi Inha universiteti va Toşkent arxitektura-quriliş universitetida biznes boşqaruvi, arxitektura hamda axborot texnologiyalari yönalişlarida Buyuk Britaniyaning 10 dan ortiq oliygohi bilan hamkorlikda şunday dasturlar joriy etilgan. Natijada 371 nafar talaba “1+3”, “2+2” va “3+1” modellari asosida tahsil olib, Britaniya standartlariga mos diplom oliş imkoniyatiga ega bölmoqda.

Mazkur tizim orqali talabalarning xorijda öqiş va yaşaş xarajatlarini 10 barobargaça qisqartiriş mumkinligi qayd etildi. Hozirgi kunda minglab özbekistonlik talaba Buyuk Britaniyada tört yillik taʼlim dasturlarida tahsil olmoqda. Ularning har biri uçun öqiş va yaşaş xarajatlari yiliga 50 ming dollargaça yetadi.

Şu munosabat bilan Toşkent arxitektura-quriliş universiteti tarkibida Integratsiyalaşgan dasturlar oliy maktabini taşkil etiş taklif qilindi.

Oliy maktabda taʼlim jarayoni Buyuk Britaniyaning Norzambriya va Hartfordşir universitetlari dasturlari asosida yölga qöyiladi. Keyingi bosqiçda Sapiyensa, Sautgempton, Glazgo kabi dunyoning nufuzli oliygohlari akademik talablariga moslaştirilgan taʼlim dasturlarini joriy etiş közda tutilgan.

Oliy maktabga akademik, moliyaviy va taşkiliy mustaqillik beriladi. Davlat idoralari, hamkor oliygohlar va yirik kompaniyalar vakillaridan iborat kuzatuv kengaşi taşkil etiladi. Bitiruvçilarga Özbekistonda tan olinadigan xorijiy hamkor oliygoh va oliy maktab diplomi beriladi.

Şuningdek, oliy maktab va hamkor taʼlim muassasalarida Britaniya standartlariga muvofiq 8-darajagaça bölgan taʼlim dasturlarini joriy qiliş, rahbar kadrlar uçun strategik fikrlaş, liderlik, raqamli boşqaruv, qaror qabul qiliş va natijaga yönaltirilgan boşqaruv böyiça malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Taqdimotda maktab, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim örtasidagi uzviylikni taʼminlaydigan “2+3”, “1+2”, “2+1”, “1+3”, “2+2”, “3+1” kabi taʼlim modellari körib çiqildi.

Bunda 9-sinf bitiruvçisi maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil taʼlim olib, keyingi uç yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirişi mumkin böladi. Texnikum bitiruvçilari esa taʼlimni qisqartirilgan dastur asosida universitetda davom ettiriş imkoniga ega böladi.

Integratsiyalaşgan dasturlarni tibbiyot, energetika, sanʼat va qişloq xöjaligi kabi ustuvor yönalişlarga ham kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, Xalqaro malakalar va baholaş markaziga integratsiyalaşgan dasturlarni nufuzli TOP-100 oliygohlar akademik talablariga moslaştiriş, ular bilan “1+3” va “2+2” şaklidagi dasturlarni işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.

Markaz huzurida xorijiy ekspertlardan iborat doimiy işçi guruh taşkil etilib, işçi guruh 2027-yil yakuniga qadar yetakçi xorijiy oliygohlar diplomini beradigan kamida ikkita taʼlim dasturlari markazini taşkil etadi.

“El-yurt umidi” jamğarmasining stipendiya dasturini ham yangi tizimga moslaştiriş taklif qilindi. Endilikda dastur Integratsiyalaşgan dasturlar oliy maktabi va boşqa mahalliy oliygohlardagi integratsiyalaşgan taʼlim yönalişlarini ham qamrab oladi.

Şuningdek, dunyoning nufuzli universitetlariga şartli qabul qilingan yoşlarning Özbekistondagi oliygohlarda birinçi kurs yoki “Foundation” dasturida öqiş xarajatlarini qoplab beriş mexanizmi joriy etiladi. Bu yoşlarga taʼlimni mamlakatimizda boşlab, keyinçalik xorijda davom ettiriş imkonini beradi.

Taqdimotda yetakçi xorijiy oliygohlar joylaşadigan Toşkent xalqaro universitetlar şaharçasini taşkil etiş taklifi muhokama qilindi.

Bunda Qatardagi “Education City”, Birlaşgan Arab Amirliklaridagi Dubay xalqaro akademik şahri va Koreya Respublikasidagi Inçxon global kampusi tajribasidan foydalaniş taklif qilindi.

Universitetlar şaharçasida nufuzli xorijiy oliygohlar filiallarini jalb qiliş, kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etiş, litsenziya talablarini soddalaştiriş, grant va stipendiyalar ajratiş, bojxona va soliq imtiyozlarini qöllaş, şuningdek, royalti tölovlarining bir qismini qoplab beriş böyiça takliflar işlab çiqiş topşirildi.

Asosiy maqsad Özbekistonni xalqaro taʼlim dasturlari va standartlari keng joriy etilgan, mintaqadagi yetakçi taʼlim markaziga aylantiriş ekani taʼkidlandi.

Prezidentimiz takliflarni maʼqullab, integratsiyalaşgan taʼlim dasturlarini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş, ularning sifatini xalqaro talablarga muvofiq taʼminlaş, nufuzli xorijiy universitetlar bilan uzoq muddatli akademik hamkorlikni yölga qöyiş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: