“Toşkent – Bekobod” yönalişida elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toşkentdan Bekobod şahriga keldi.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 27-dekabrda qabul qilingan “2030-yilga qadar temir yöl transportida mahalliy yönalişlarda yölovçi taşiş körsatkiçlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida hududlarda transport infratuzilmasi yangilanib, mahalliy qatnovlar kengaytirilmoqda. Natijada aholi uçun qulay va sifatli transport xizmatlari yölga qöyilmoqda.
Bekobod vokzalida Prezidentimizga poytaxt va mazkur şaharni boğlovçi yönalişda amalga oşirilgan işlar haqida axborot berildi.
192 kilometrlik “Toşkent – Bekobod” temir yöl qatnovi kuniga qariyb ming nafar, yiliga esa 300 ming nafar yölovçiga xizmat körsatişi rejalaştirilgan. Endilikda unda olti vagondan iborat, 586 nafar yölovçiga möljallangan elektropoyezd soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlanadi. Bu, ayniqsa, har kuni iş va öqişga qatnaydigan fuqarolar uçun qöşimça qulaylik yaratadi.
Elektropoyezdda yölovçilar uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. Xususan, nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kötargiçlar örnatilgan. Vagonlar konditsioner va isitiş tizimlari, yumşoq örindiqlar, USB quvvatlaş nuqtalari hamda Wi-Fi tarmoği bilan jihozlangan. Şuningdek, videokuzatuv tizimlari, elektron axborot tablolari va velosipedlar uçun maxsus joylar mavjud.
Tezkor elektropoyezdning qatnovga qöyilişi avtomobil yöllaridagi transport yuklamasini kamaytiriş va ekologik toza transport uluşini oşirişga xizmat qiladi.
Prezidentimiz temir yöl infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, yölovçilar uçun şaroitlarni yaxşilaş, tarmoqlarni elektrlaştiriş va temir yöllarga tutaş hududlarni obodonlaştiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.
Şuningdek, davlatimiz rahbari vokzal infratuzilmasi, xizmat körsatiş sifati va yölovçilar harakatini samarali taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

