Özbekiston Prezidenti Qatar Amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi

Özbekiston Prezidenti Qatar Amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi

20.07.2026 08:56128

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qatarning sobiq Amiri Şayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan taʼziya bildiriş uçun taşrif bilan uşbu mamlakatda böldi.

Lusail saroyida davlatimiz rahbari Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uçraşdi.

Muloqot avvalida Prezidentimiz Qatar Amiriga otasi – sobiq Amir Şayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafot etgani munosabati bilan çuqur hamdardlik bildirdi.

Şayx Hamad Ol Soniy Hazratlari Qatar Davlati erişgan köplab tarixiy yutuqlar, ulkan bunyodkorlik işlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi jadal islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortişiga ulkan hissa qöşgan siyosat arbobi bölgani taʼkidlandi.

Şu bilan birga, ul zotning mamlakatlarimiz örtasidagi yaqin döstlik va köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş hamda mustahkamlaşdagi samarali mehnatlari alohida qayd etildi.

Şuningdek, Prezidentimiz Qatar bugungi kunda mintaqada tinçlik va barqarorlikni taʼminlaşdagi muhim örin egallayotgani, xalqaro maydonda katta taʼsirga ega “Doha ovozi” paydo bölganini eʼtirof etdi.

Ikki davlat yetakçilari Özbekiston va Qatar örtasidagi strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş, köp qirrali aloqalarni yangi bosqiçga kötariş, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildilar.

Öz navbatida, Qatar Amiri Özbekiston Prezidentiga uşbu sinovli damlarda şaxsan taşrif buyurib, bildirgan samimiy hamdardligi hamda döstona qöllab-quvvatlagani uçun çuqur minnatdorlik izhor etdi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston rahbari Qatar Amirini öziga qulay bölgan fursatlarda mamlakatimizga taşrif buyurişga taklif etdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: