Mahalla odamlar uçun işonç, tayanç va imkoniyatlar markaziga aylanişi zarur

Mahalla odamlar uçun işonç, tayanç va imkoniyatlar markaziga aylanişi zarur

20.07.2026 09:06154

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kiriş hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil qiliş böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxşilaş, odamlar va tadbirkorlar uçun şaroit yaratiş maqsadida tumanlarga örtaça 250 milliard sömdan, mahallalarga esa 5,5 milliard sömdan mablağ berilganini taʼkidladi.

Tuman hokimlari va mahalla raislarining tuşum böyiça vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qöşimça daromad 2 barobargaça köpaydi. Tumanlarda örtaça 22 milliard sömdan qöşimça mablağ qoldi, mahalla budjetiga esa örtaça 150-200 million söm tuşdi.

– Lönda aytganda, hududdagi masalalarni hal qiliş uçun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetişmayotgan jihat – masʼuliyat va taşabbuskorlik, – dedi Prezidentimiz.

Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini körsatmoqda. Şu yilning özida Xalq qabulxonalari orqali 87 ta mahallaning har biridan 200 dan ortiq murojaat kelib tuşgan.

Şuningdek, “Taşabbusli budjet” dasturi doirasida bu yil 7,5 trillion söm ajratilgan bölsa-da, 2 ming 136 ta mahallada birorta loyiha ğolib çiqmagan. Kiçik loyihalar uçun banklar tomonidan olti oyda 18,5 trillion söm resurs ajratilib, 110 mingta mikroloyiha amalga oşirilgan, 259 ming odam işli bölgan. Lekin 47 ta mahallada bor-yöği 2 tadan mikroloyiha işga tuşirilgan.

Ayrim tumanlarda loyihalarga kambağal oilalarni jalb qiliş darajasi pastligi, 960 ta kambağal oila yaşaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand odam doimiy işga joylaştirilmagani tanqid qilindi. Şuningdek, 883 ta mahallada bankirlar xonadonbay yurib, loyiha qilmagani, tadbirkorlar bilan uçraşmagani qayd etildi.

Şu sababli yil boşidan mahallada işni töğri taşkil qilmagan 152 nafar rahbar işdan olingan, yana 700 nafariga intizomiy çora körilgan.

Yiğilişda mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş, aholi muammolarini hal etiş va “yettilik” masʼuliyatini oşiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari mahalla odamlar uçun çinakam işonç, tayanç va imkoniyatlar markaziga aylanişi zarurligini taʼkidladi.

Yaqinda mahalla boşqaruvini samarali taşkil qiliş böyiça Prezident farmoni imzolandi. Unga köra, mahalla raisi ijtimoiy muammolarni qayd etuvçi şaxsdan öz hududining “iqtisodiy buyurtmaçisi”ga aylanişi kerak.

Endi har bir mahalla raisi öz hududining iqtisodiy va ijtimoiy buyurtmasini şakllantiradi. Bunda muammo aniq hisob-kitob qilinadi, loyiha tayyorlanib, masʼul taşkilotlarga vazifa qöyiladi. Mahallalarda xususiy boğça, maktab, klinika va sport inşootlari quriş uçun yerni auksionga çiqariş vakolati ham mahalla raislariga beriladi.

Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qiliş, tozalikni taʼminlaş va daromadni köpaytirişga xizmat qiladigan loyihalarda taşabbuskor bölişi zarurligini taʼkidladi.

Bunday loyihalar uçun “mahalla yettilik”lariga 10 million sömdan grant ajratiladi. Uşbu maqsadlar uçun jami 240 milliard söm resurs şakllantiriladi.

Mahalla raisi öz hududining haqiqiy boşqaruvçisi bölişi şart. U hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqçi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik iş rejasini tasdiqlab beradi, ularga aniq vazifa qöyib, sörov qilib boradi.

“Yettilik” faoliyatini metodik qöllab-quvvatlaş va hududdagi muammolarga ilmiy yondaşiş uçun Mahallani rivojlantiriş milliy instituti taşkil etiladi. U “yettilik”ni öqitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yeçimlar işlab çiqadi.

Yiğilişda mahalla bankirlarining iş uslubi ham tubdan özgarişi belgilandi. Endi banklar har bir mahallaning “ösiş nuqtasi”ni aniqlab, taşabbuskorlarni topişi va daromadli loyihalarni köpaytirişi zarur. Bundan buyon bitta mahalla bankiriga köpi bilan uçta mahalla biriktiriladi.

Mahalla bankirlari hududdagi bank mijozlari bilan işlab, iş örinlari va ularga qöyilgan talabni aniqlaydi. Mahalladagi işsizlarni şu kasblarga öqitiş uçun bandlik bölimiga buyurtma beradi va öqişni bitirganlarni işga joylaştiradi.

Joriy yil oilaviy tadbirkorlik loyihalari uçun qöşimça 2 trillion söm imtiyozli resurs berildi. “Oğir” mahallalar uçun kredit stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tuşirildi. Endi mahalla bankirlari özi topgan loyihasi uçun uşbu resursdan foydalanişi mumkin böladi.

Davlat banklari mahallalarni ixtisoslaştiriş, “Agrostar” kompaniyalari bilan birga “yetiştiriş – qayta işlaş – saqlaş – qadoqlaş – sotiş” zanjirini yaratiş böyiça işlaydi. Bir oyda 1 mingta mahallada iş boşlaş, har bir mahallada kamida 3 tadan “lokomotiv” loyihani amalga oşiriş vazifasi qöyildi.

Mahallalar budjetini mustahkamlaş böyiça ham yangi taşabbuslar ilgari surildi. Endilikda mahalladagi noturar obyektlardan tuşgan yer va mulk soliğining 5 foizi ham mahallaning öziga beriladi. Bu orqali mahallalar ixtiyorida yiliga yana 400 milliard söm mablağ qoladi.

Yil davomida eng köp tadbirkorlarni röyxatga olgan, eng köp yangi iş örni yaratgan, tuşum darajasi eng yuqori bölgan va eng köp qöşimça soliq bazasi topgan 200 ta mahallaga 2 milliard sömdan mukofot beriladi.

Umuman, yangi taşabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tuşum joriy yil 1 trillion 600 milliard sömga, kelasi yildan esa 2 trillion sömga yetadi.

Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qilingan. Şu asosda barça sohalardagi islohotlar natijasi, avvalo, mahallada va odamlarning kayfiyatida namoyon bölişi kerakligi taʼkidlandi.

Bu yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu ğoya asosida keng nişonlanadi. Eng uluğ, eng aziz bayramni mahallalarda kötarinki ruhda ötkaziş uçun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” eʼlon qilindi.

Mahallada obodonçilik işlarini taşkil etiş böyiça Boş vazir boşçiligida respublika ştabi tuziladi, hududiy ştablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu işlar bir oylik aksiya emas, balki yil böyi işlaydigan umummilliy harakatga aylantirilişi zarurligi taʼkidlandi.

Mehnatga yaraşa rağbat bölişi uçun yil yakuni bilan köp qavatli uylardagi “Eng orasta xonadon”, mahalladagi “Eng fayzli hovli”, hududdagi “Eng obod köça”, tuman va viloyatdagi “Eng namunali mahalla” nominatsiyalari joriy etiladi.

Tanlov ğoliblari bölgan köp qavatli uylardagi kvartiralar uçun mol-mulk soliğidan, hovli-joylar uçun esa yer soliğidan imtiyoz beriladi. Yaxşi tajriba yaratgan “mahalla yettiligi” mukofotlanadi, ularning iş uslubi boşqa hududlarga namuna qilib körsatiladi.

– Mahalla – xalqqa eng yaqin boşqaruv böğini. Odamlarning kundalik masalalari şu yerning özida, ortiqça ovoragarçiliksiz hal bölişi kerak, – dedi Prezidentimiz.

Hozir “yettilik” orqali 100 ga yaqin xizmat körsatilmoqda. Endi barça davlat xizmatlari bosqiçma-bosqiç mahallaga tuşiriladi.

Mahallalarda ijtimoiy yordamlar kölamini kengaytiriş masalasi ham muhokama qilindi. Joylarda ijtimoiy reyestrga kiritişni asossiz rad etiş yoki sunʼiy ravişda reyestrdan çiqariş holatlari uçrayotgani tanqid qilindi.

Oqibatda ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam oliş, farzandini boğça va tögarakka beriş kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti. 184 ta mahallada bir oy içida kelgan 2 ming arizaning barçasi asossiz rad qilingan. Şu sababli reyestrga kiriş masalasida Prezidentga murojaatlar yil boşidan 1,5 barobar oşib, 30 mingdan 46 mingga köpaygan.

Boş prokuraturaga ijtimoiy reyestr töğri yuritilişini qatʼiy nazorat qiliş topşirildi. Yil yakunigaça nogironlikni erta aniqlaş, xonadonlarni moslaştiriş, ijtimoiy uyga joylaştiriş kabi 25 turdagi xizmatni mahallaga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Uç oyda demensiya va aqliy zaifligi bölgan şaxslar uçun 250 ta mahallada kunduzgi va uyda parvariş xizmati hamda “Madad” uylari, 75 ta mahallada özgalar parvarişiga muhtoj keksalar uçun “Faol hayot” dasturi, şuningdek, qarovsiz qolgan va zöravonlikka uçragan bolalar uçun qöllab-quvvatlaş markazlari taşkil etiladi.

Mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş böyiça yaratilgan tizim öz natijasini bermoqda. Sönggi uç yilda kriminogen vaziyati oğir bölgan 1 ming 162 ta mahallaning 571 tasida bu yil birorta jinoyat sodir etilmadi.

Jumladan, videokameralar örnatiş, xavfsiz köça va yölaklar taşkil qiliş, oilalarga psixologik yordam körsatiş, ehtiyojmand, işsiz va jinoyatga moyil aholi qatlami bilan manzilli iş olib boriş natijasida “qizil” toifadagi ayrim mahallalarda jinoyat sodir etilmagan.

Jinoyatçilikni jilovlaşga masʼul ilmiy taşkilotlar bilan birga namunali mahallalar tajribasi asosida metodika işlab çiqiladi. Yil davomida “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar profilaktika inspektorlari uşbu metodika böyiça joyiga borib öqitiladi.

Yiğiliş davomida mutasaddilarning axborotlari tinglandi, mahalla vakillari bilan muloqot qilindi.

 

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: