Özbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini taʼkidladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni amaliy taşrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi.
Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Özbekiston – Ozarbayjon strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Ötgan yilda tovar ayirboşlaş hajmi 15 foizga oşdi, joriy yilning ötgan davrida esa ösiş qariyb 40 foizni taşkil etdi.
Quriliş, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilği, töqimaçilik, turizm va boşqa tarmoqlarda, şu jumladan, qöşma Investitsiya kompaniyasi iştirokida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlaş muhimligi taʼkidlandi.
Şu maʼnoda, bugun bölib ötgan Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlarining yakunlari yuksak baholandi. Şuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador ötişini taʼminlaş zarurligi qayd etildi.

