Özbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi

21.07.2026 10:15128

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Belarus Respublikasi Boş vaziri örinbosari Viktor Karankeviç boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston bilan Belarus örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Mamlakatimiz yetakçisining şu yil 8-9-iyul kunlari Minsk şahriga amalga oşirgan rasmiy taşrifi, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada samarali natijalar bergani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboşlaş hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş maqsadida qabul qilingan çora-tadbirlar rejasini öz vaqtida amalga oşiriş muhimligi taʼkidlandi.

Yurtimizda birinçi atom elektr stansiyasi va turdoş infratuzilmani barpo etişda Belarus tajribasidan foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bölajak atom elektr stansiyasini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiya qiliş jarayonlarini ekspertlik jihatidan qöllab-quvvatlaş, soha uçun milliy kadrlarni tayyorlaş hamda tegişli oliy taʼlim muassasalari örtasida qöşma dasturlarni yölga qöyiş şular jumlasidan.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: