Iqtisodiyotda yuqori ösişni taʼminlaş va aholi farovonligini oşiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi

Iqtisodiyotda yuqori ösişni taʼminlaş va aholi farovonligini oşiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi

22.07.2026 15:16143

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda ösiş surʼatlarini taʼminlaş böyiça joriy yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça amalga oşiriladigan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yil boşidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga ösdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilişda 13,8 foiz, qişloq xöjaligida 4,7 foiz ösiş taʼminlandi. Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. “Fitch” va “Moodyʼs” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir poğona yaxşiladi.

Şu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxşilaş uçun 9-10 foizli iqtisodiy ösiş zarurligini taʼkidladi. Buning uçun hudud va tarmoq rahbarlari mavjud imkoniyatlarni töliq işga solişi, har bir loyiha va har bir korxona böyiça aniq natijaga işlaşi kerakligi körsatib ötildi.

Yiğilişda hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik rejalari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Ayrim hududlarda yalpi hududiy mahsulot, quriliş, investitsiya, sanoat va eksport körsatkiçlari böyiça zaxiralar töliq safarbar etilmagani qayd etildi. Oylik, çoraklik va yillik rejalarni bajarmagan rahbarlarga nisbatan masʼuliyat kuçaytirilişi belgilandi.

Davlatimiz rahbari har bir vazir va hokimning işi odamlarning yaşaş madaniyatida sezilmasa, tadbirkorlarning oğirini yengil qilmasa, har qanday natija faqat “qoğozdagi raqam” bölib qolişini taʼkidladi. Şu bois, joylarda infratuzilma, bandlik, tadbirkorlik va aholi daromadini oşiriş böyiça işlar mutlaqo yangi yondaşuv asosida taşkil etiladi.

Yiğilişda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil etiş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilinib, 2 mingta eng oğir mahallada işlarni yangi tizim asosida yölga qöyiş boşlandi. Hokimlar uşbu mahallalarda elektr, gaz, yöl va suv masalalarini öz vaqtida hal qilişga şaxsan javobgar böladi.

Bandlik tizimi ehtiyojmand aholini öqitiş, işga joylaştiriş va daromadini oşiriş böyiça hududma-hudud işlaydi. Banklar va mahalla uyuşmalari faoliyati ham qayta körib çiqilib, keyingi uç oy ular uçun amaliy attestatsiya davri bölişi belgilandi. Mahallalarda obodlik, ozodalik va yaşaş madaniyatini yuksaltiriş böyiça ham aniq vazifalar qöyildi.

Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va biznes muhitini yaxşilaş masalalari ham muhokama qilindi. Hozir 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yönalişda moliyaviy jarima qöllaş vakolati borligi, 2024-2026-yillarda qariyb 3 trillion sömlik jarima qöllanilgani qayd etildi. Prezidentimiz jazo qöllovçi idoralar tadbirkorga avval imkoniyat berişi va töğri yöl körsatişni örganişi kerakligini taʼkidladi.

Taşqi bozorlarda raqobat kuçayib borayotgan bir paytda eksportçilar uçun tölov, yiğim va ortiqça xarajatlarni kamaytiriş zarurligi körsatib ötildi. Barça vazirlik va idoralarga tizimidagi byurokratiya, jarima, tölov va yiğimlarni qisqartiriş, biznes muhitini yanada yaxşilaş böyiça takliflar kiritiş topşirildi.

Sanoat va eksport körsatkiçlari ham tanqidiy körib çiqildi. Ayrim tuman va şaharlarda sanoat ösişi surʼati pasaygani, eksport böyiça kutilgan özgariş bölmagani qayd etildi. Boş vazirga natija körsatmagan hokimlar faoliyatini körib çiqiş, töqqiz oy yakuniga qadar özgariş bölmasa, masʼul rahbarlarga nisbatan qatʼiy çora köriş topşirildi.

Strategik korxonalar xarajatlari tahlilida ayrim yirik korxonalarda mahsulot tannarxi oşgani körsatib ötildi. Şuningdek, energetika tarmoqlarida yöqotişlar yuqoriligi, elektr energiyasi va gaz taqsimotida samaradorlikni oşiriş zarurligi taʼkidlandi. Yirik kompaniyalarning bozor qiymatini oşiriş, IPO jarayonlariga tayyorlaş va taşqi investorlar uçun jozibadorligini kuçaytiriş vazifasi qöyildi.

Soliq tuşumlari yil boşidan 27 foizga köpayib, 130 trillion sömdan oşgan bölsa-da, qöşimça tuşum böyiça yillik reja yetarli darajada bajarilmayotgani tanqid qilindi.

Işlab çiqarişni tiklaş va xususiylaştiriş böyiça ham muhim vazifalar belgilandi. Hozir ayrim töqimaçilik korxonalari işlamay turgani oqibatida 5 trillion sömlik mahsulot va 400 million dollarlik eksport imkoniyati boy berilayotgani aytildi. Yil boşidan 57 ta tarmoq va 76 ta hududiy korxona işlab çiqarişni 11 trillion sömga kamaytirgani ham tanqid qilindi.

Mutasaddilarga işlamay turgan korxonalarni birma-bir tahlil qilib, ular faoliyatini tiklaş topşirildi. Şuningdek, yangi xususiylaştiriş dasturi doirasida 100 trillion sömlik köçmas mulk, yer maydonlari va davlat uluşlarini savdoga çiqariş, davlat aktivlarini olgan tadbirkorlar uçun tölov şartlarini yengillaştiriş belgilandi.

Sönggi uç yilda 11 milliard dollarlik 509 ta eksportbop quvvat işga tuşirilgan bölsa-da, ularning 208 tasi hali eksportga çiqmagan. Agar uşbu korxonalar mahsulotining kamida 30-40 foizi taşqi bozorlarga yönaltirilsa, qöşimça 1,5-2 milliard dollar valyuta tuşumi taʼminlanişi mumkin.

47 ta maxsus iqtisodiy zonaning 29 tasida yil boşidan buyon umuman eksport bölmagani ham tanqid qilindi. Mutasaddilarga “tezkor brigadalar” taşkil etib, eksportga çiqmagan korxonalar va maxsus iqtisodiy zonalarda sertifikat, aylanma mablağ, bozor va logistika bilan boğliq masalalarni tezkor hal qiliş topşirildi.

Milliy brendlarni qöllab-quvvatlaş böyiça ham vazifalar belgilandi. Sönggi ikki yilda bu yönalişda 15,5 milliard sömlik moliyaviy yordam körsatilgan. Lekin öz brendini röyxatdan ötkazgan mahalliy korxonalarning uçdan biri hali eksportga çiqmagan. Şu bois, mahalliy brendlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş va ularni demping hamda kontrafakt mahsulotlardan himoya qiliş böyiça dastur işlab çiqiladi.

Taşqi savdo yuklarining 70 foizi temir yöl orqali taşilişi, biroq bu yönalişda tadbirkorlardan eʼtirozlar köpligi qayd etildi. Yuk vagonlarining yetişmasligi, ayrim temir yöl liniyalarida yuklama yuqoriligi sababli logistikada qiyinçiliklar yuzaga kelmoqda. Mutasaddilarga qöşimça vagonlarni jalb qiliş, temir yöl infratuzilmasi uçun Jahon bankidan 200 million dollar mablağ jalb etiş böyiça kelişuvga erişiş topşirildi.

Oliy darajadagi taşriflar doirasida erişilgan kelişuvlar ijrosi ham körib çiqildi. Sönggi yillarda 52 ta taşrif davomida 213 milliard dollarlik 1 ming 617 ta investitsiya loyihasi böyiça kelişuvlarga erişilgan. Endi uşbu “yöl xaritalari” ijrosi Hisob palatasi va Taşqi işlar vazirligi tomonidan qatʼiy nazorat qilinadi.

Boş vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hokimlar va elçilar bilan birga loyihalar ijrosini davlatlar kesimida muhokama qiliş topşirildi. Prezident Administratsiyasi oldiga iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport böyiça diplomatik vakolatxonalar faoliyatini qayta körib çiqiş, öz vazifasini bajara olmayotgan rahbarlar örniga yoş va zamonaviy fikrlaydigan kadrlarni tavsiya etiş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda inflyatsiyani jilovlaş va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş masalalari ham muhokama qilindi. Viloyat hokimlari yanvar-iyun oylarida inflyatsiyani 3 foizdan oşirmaslikni maqsad qilgan bölsa-da, aksariyat hududlarda bu vazifa bajarilmagani qayd etildi. Göşt narxi oşgani munosabati bilan import göştni samolyotda taşiş xarajatlarini qoplaş uçun 300 milliard söm ajratilgani aytildi.

Qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari çorvaçilikdagi haqiqiy holatni körsatib bergani taʼkidlandi. Çorvaçilik loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun qöşimça mablağlar yönaltiriladi, yil yakunigaça çetdan 100 ming boş qoramol va 150 ming boş qöy-eçki olib keliş vazifasi qöyildi.

Meva-sabzavot va kartoşka zaxirasini şakllantiriş, sovitkiçli omborlar quriş va oziq-ovqat jamğarmalarini töldiriş böyiça ham aniq çoralar belgilandi. Yil yakunigaça 87 ming tonna quvvatga ega 340 ta sovitkiçli omborni işga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Davlatimiz rahbari global iqtisodiyotdagi noaniqliklar qança davom etişini heç kim oldindan ayta olmasligini qayd etdi. Asosiy hamkor davlatlarda iqtisodiy faollik sekinlaşayotgani mahalliy korxonalarimizga, ayniqsa, eksportçilarga taʼsir körsatişi mumkin.

Şu sababli barça rahbarlar har qanday xatarni hisobga olgan holda öz zaxiralarini safarbar qilişga tayyor bölişi şartligi taʼkidlandi. Tarmoq va hududlarga biriktirilgan “aql markazlari” bilan birga 15-avgustgaça ilmiy asoslangan takliflar işlab çiqiladi.

Uşbu takliflar “resurs – infratuzilma – loyiha – işlab çiqariş – budjetga tuşum – eksport” zanjirini özaro boğliq holda rivojlantirişga qaratilgan böladi. 2027-yil uçun makroiqtisodiy parametrlar, budjet, investitsiya va eksport dasturlari yangiça yondaşuv – “safarbarlik ssenariysi” asosida tayyorlanadi.

Yiğilişda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari, belgilangan topşiriqlar ijrosini joylarda taşkil etiş böyiça rejalari tinglandi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: