Malayziya Favqulodda va Mutor elçisining işonç yorliqlari nusxalari qabul qilindi
Malayziyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Rafeda binti Abdul Aziz xonimdan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilişdan mamnunmiz.
Özbekiston va Malayziya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildik. Sönggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilganini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiyaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş va köplab sohalarda yangi qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Elçi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, uning masʼuliyatli faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanimizni tasdiqladik.

