Toşkent – Samarqand yangi avtomobil yöli qurilişiga start berildi

Toşkent – Samarqand yangi avtomobil yöli qurilişiga start berildi

23.07.2026 09:31138

Prezident Şavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumaniga taşrif buyurib, Toşkent – Samarqand yönalişidagi pullik muqobil avtomobil yöli qurilişiga tamal toşi qöydi.

Davlatimiz rahbari uşbu loyiha Yangi Özbekistonning iqtisodiy qudrati va transport-logistika salohiyatini oşirişda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

– Bugun bu sohada tom maʼnoda yangi davr boşlanmoqda, desak, töğri böladi. Xalqimiz uçun taraqqiyot va farovonlik timsoli bölib xizmat qiladigan uşbu yirik loyihaning boşlanişi barçamizga muborak bölsin, – dedi Prezident.

Qayd etilganidek, sönggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra ösdi. 2030-yilga borib uning hajmini 240 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingan. Bu esa yöl-transport va logistika infratuzilmasini iqtisodiyotning ösiş surʼatlariga muvofiq rivojlantirişni talab etadi.

Bugun Özbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yöl ötadi. Ularning 30 foizi töliq quvvatda, yana 25 foizi ortiqça yuklama bilan işlamoqda.

“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” va Transafğon temir yöllari işga tuşgaç, mamlakatimiz Tinç okeanidan Yevropagaça bölgan eng qisqa quruqlik yölagining asosiy böğiniga aylanadi. Pokiston portlari orqali Hind okeani va Janubiy Osiyo bozorlariga çiqiş uçun ham yangi imkoniyatlar oçiladi.

Hisob-kitoblarga köra, yiliga qöşimça 15-20 million tonna tranzit yukini qabul qiliş 400-600 million dollar daromad, logistika markazlari va terminallar uçun 3 milliard dollar investitsiya hamda 50 mingta barqaror iş örni yaratiş imkonini beradi.

Şu maqsadda 2030-yilga qadar Andijon bilan Qönğirotni, Termiz bilan Toşkentni boğlovçi 4 ming kilometr xalqaro yöllarni yuqori talablarga javob beradigan zamonaviy tranzit yölaklarga aylantiriş rejalaştirilgan. Toşkent – Samarqand yangi avtomobil yöli uşbu strategik dasturning muhim qismi böladi.

Sönggi 10 yilda 78 trillion söm hisobidan 128 ming kilometr yölda quriliş va taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Endi mamlakatimizda ilk bor eng yuqori toifadagi zamonaviy avtomagistral barpo etilmoqda.

Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar bölgan olti polosali yölning umumiy uzunligi 282 kilometrni taşkil etadi. U Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi aholisi 2 milliondan ziyod bölgan 13 ta tuman orqali ötib, hududlar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Loyiha doirasida 92 ta köprik, 28 ta yöl ötkazgiç, 60 ta tunnel tipidagi ötiş joyi, şuningdek, qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun yer osti yölaklari va suv ötkaziş inşootlari quriladi.

Yöl qoplamasi oğir va yuqori tezlikda harakatlanadigan transport vositalari qatnoviga çidamli monolit betondan barpo etiladi. Tekis hududlarda harakat tezligi soatiga 150 kilometrgaça bölişi közda tutilgan.

Zamonaviy xavfsizlik yeçimlari, raqamli va innovatsion qulayliklar yöl-transport hodisalarini keskin kamaytirişga xizmat qiladi.

– Uşbu loyiha işga tuşganidan söng uning afzalligini har bir yurtdoşimiz öz hayotida, albatta, his qiladi. Toşkentdan Samarqandga yetib boriş vaqti hozirgi 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi, – dedi davlatimiz rahbari.

Yangi avtomagistral sutkasiga 60 mingdan 80 mingtagaça transport vositasini ötkaziş imkoniga ega böladi. Tirbandliksiz va bir maromda harakatlaniş energiya sarfi, amortizatsiya va texnik xarajatlarni kamaytiradi.

Hisob-kitoblarga köra, yuk taşiş tannarxi 19-24 foizga pasayadi. Bu, ayniqsa, tez buziladigan meva-sabzavot, göşt, sut va boşqa mahsulotlarni bozorlarga qisqa muddatda va sifatli yetkaziş imkoniyatini kengaytiradi.

Yangi yöl Farğona vodiysi va mamlakatimizning markaziy hududlarini janubiy hamda ğarbiy viloyatlar bilan boğlaşda muhim örin tutadi. Şuningdek, xalqaro transport yölaklari samaradorligini oşirib, Özbekistonning Markaziy Osiyodagi transport-logistika markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Jahon banki tahlillariga köra, bunday infratuzilma loyihalariga kiritilgan har bir dollar iqtisodiyotga 5 barobargaça samara keltiradi. Yangi yöl Toşkent şahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari yalpi hududiy mahsulotining 3 foizga ösişiga turtki berişi kutilmoqda.

Yöl böyida logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis, mehmonxona va turizm obyektlari barpo etiladi. Bu yangi iş örinlari, xizmatlar bozori va mahalliy budjetlar uçun qöşimça daromad manbalarini yaratadi.

Quriliş jarayonida mahalliy xizmatlar va quriliş materiallaridan keng foydalaniladi. Bu mahalliy korxonalar uçun yirik buyurtmalar, yangi işlab çiqariş quvvatlari va qöşimça iş örinlari deganidir.

Törtta hudud rahbarlariga “Yagona koridor – yagona standart” tamoyili asosida yer uçastkalarini ajratiş, logistika, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini birgalikda rejalaştiriş vazifasi qöyildi.

Avtomagistral Yevropa, Turkiya, Xitoy va boşqa davlatlarning ilğor tajribalari asosida loyihalaştirilgan. Birinçi bosqiçda yöl xitoylik hamkorlar bilan EPC modeli asosida barpo etiladi, keyinçalik uni boşqariş, saqlaş va ekspluatatsiya qilişning zamonaviy mexanizmlari joriy etiladi.

Loyiha xalqaro sifat, xavfsizlik va ekologik standartlar asosida amalga oşirilib, 2030-yilda foydalanişga topşiriladi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyiha mamlakatdagi yirik yöl qurilişi dasturining bir qismi ekanini taʼkidladi. Xiva – Urganç yöli qurilişi davom etmoqda, Toşkent – Andijon yönalişi böyiça xalqaro tender yakunlaniş arafasida, Toşkentni Böstonliq bilan boğlovçi yöl uçun xususiy şerikni aniqlaş işlari olib borilmoqda.

– Biz bugun Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik töyi arafasida mamlakatimiz kelajagi, iqtisodiy barqarorligi va xalqimiz farovonligi uçun yana bir mustahkam poydevor qöymoqdamiz, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari xitoylik hamkorlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislar, muhandislar, loyihaçilar va quruvçilarga muvaffaqiyat tilab, Özbekiston tarixida ilk bor “yaşil” va innovatsion yöl barpo etilayotganini alohida taʼkidladi.

Şundan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent – Samarqand yangi avtomobil yöli poydevoriga kapsula qöyib, uning qurilişini boşlab berdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: