Prezidentimiz “Cyber University” faoliyati bilan tanişib, Kelajak texnologiyalari markazi qurilişiga start berdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Nurafşon şahrida axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalarga ixtisoslaşgan “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanişdi.
“Özbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatimizni mintaqaviy IT-xabga aylantiriş ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Buning uçun davlat boşqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlaştiriş, zamonaviy aloqa infratuzilmasini rivojlantiriş, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş hamda innovatsion ekotizimni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Sönggi yillarda yaratilgan qulay şaroitlar natijasida yurtimizda AT kompaniyalar, yuqori daromadli iş örinlari va raqamli xizmatlar eksporti izçil köpaymoqda. Mazkur jarayonda zamonaviy bilim va könikmalarga ega yoş mutaxassislarni tayyorlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
“Cyber University” davlat universiteti Prezidentimizning 2025-yil 20-yanvardagi qaroriga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida mustaqil oliy taʼlim muassasasi sifatida taşkil etilgan.
Universitetda axborot va kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt va robototexnika, kiberhuquq, raqamli kriminalistika hamda kiberiqtisodiyot sohalari uçun xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Bugungi kunda oliygohda 2 ta fakultet va 4 ta kafedra faoliyat yuritib, 8 ta bakalavriat hamda 2 ta magistratura yönalişida qariyb 1 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
Universitetda 1 ming 585 örinli öquv binosi, 805 örinli talabalar turar joyi, zamonaviy sport majmualari, oşxona va axborot-resurs markazi taşkil etilgan.
Davlatimiz rahbari universitetda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Oliygohda tahsil olayotgan yoşlar bilan samimiy muloqot bölib ötdi.
– Kelajakda sizdek mutaxassislarga ehtiyoj yanada oşadi. Har bir soha va har bir hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat taraqqiy etmaydi. Şuning uçun sizlar öz ustingizda tinimsiz işlab, eng zamonaviy bilimlarni egallaşingiz kerak, – dedi Prezidentimiz.
Universitet jamoasi xalqaro kiberxavfsizlik musobaqalari va Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasidagi xakatonlarda yuqori natijalarni qölga kiritib kelmoqda. Ekologik barqarorlik tamoyillari asosida şakllantirilgan oliygohga “Yaşil kampus” maqomi berilgan.
Şundan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev universitetga tutaş hududda barpo etiladigan Kelajak texnologiyalari markazi qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimida iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida buyuk ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy asos solgan algoritmlar bugun global iqtisodiyotning özagi va insonlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanganini taʼkidladi.
Hozirgi dunyoda raqobat yillar va oylar bilan emas, balki daqiqalar va soniyalar bilan ölçanmoqda. Raqamlaştirişni ortga surgan, sunʼiy intellektni özlaştirmagan va innovatsiyalarga sarmoya kiritmagan davlatlar global taraqqiyotdan ortda qolişi qayd etildi.
– Hayotimizning barça jabhalarini raqamlaştiriş bilan jiddiy şuğullanmasdan turib, rivojlaniş mumkin emas. Busiz kelajagimiz yöqligini barçamiz teran anglaşimiz kerak, – dedi Prezident.
Sönggi yillarda Özbekistonning axborot texnologiyalari sohasidagi natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilmoqda. Joriy yilda vençur investitsiyalar hajmi 5 barobar köpayib, ösiş surʼati böyiça mamlakatimiz jahonda birinçi öringa kötarildi.
Özbekistonning milliy startap ekotizimi qariyb 4,5 milliard dollarga yetdi. Innovatsion ğoyalarni rağbatlantiriş maqsadida mukofot jamğarmasi 5 million dollar bölgan Prezident startap tanloviga start berildi.
Şuningdek, Özbekiston Sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik böyiça Butunjahon taşkilotining taʼsisçilaridan biri bölib, bu boradagi global jarayonlarni şakllantirişda iştirok etadigan davlatlar safidan joy oldi.
Umumiy maydoni 36 gektar bölgan markaz qurilişiga qariyb 500 million dollar investitsiya jalb qilinadi. U taʼlim, ilmiy tadqiqot, texnologik sinov va işlab çiqariş jarayonlarini birlaştiradigan yagona innovatsion ekotizim böladi.
Nurafşon şahrining tanlanişi bejiz emas. Bu yerdagi “Cyber University”da kiberxavfsizlik hamda axborot himoyasi sohalarida qariyb 1 ming nafar mutaxassis tayyorlanmoqda. Endi universitet atrofida butun mamlakat uçun namuna böladigan yaxlit innovatsion klaster şakllantiriladi.
Markazda kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar va kriptografiya yönalişlarida 6 ta zamonaviy laboratoriya taşkil etiladi.
Şuningdek, sunʼiy intellekt data-markazi va muhandislik klasteri, himoyalangan kompyuter hamda maʼlumot uzatiş qurilmalari, yuqori texnologik tokenlar işlab çiqariş markazi barpo etiladi. Uçuvçisiz dron qurilmalari va robototexnika vositalarini sinovdan ötkaziş uçun maxsus poligon faoliyati yölga qöyiladi.
Osiyo taraqqiyot banki kömagida mahalliy texnologiyalarni tijoratlaştiriş va milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş platformasi yaratiladi. Loyihalarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaş uçun 5 megavattli energetika quvvatlari barpo etiladi.
Markazga yetakçi global kompaniyalar, universitetlar va olimlarni jalb qiliş, talabalar va xodimlar uçun zamonaviy ijtimoiy, madaniy va maişiy infratuzilma yaratiş közda tutilgan.
Eng muhimi, mazkur innovatsion ekotizimda 5 mingdan ziyod yuqori malakali iş örni taşkil etiladi. Markaz Toşkent viloyatida raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş va hududning innovatsion salohiyatini yuksaltirişga katta turtki beradi.
Qayd etilganidek, joriy yilda Toşkent viloyatining raqamli xizmatlar eksporti ilk bor 50 million dollarga yetişi kutilmoqda. Mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytiriş uçun Nurafşon va Çirçiq şaharlarida zamonaviy IT park binolari qurilişiga ham start berildi.
– Uzoqni közlab, çin dildan amalga oşirayotgan ortga qaytmas islohotlarimiz Yangi Özbekiston bunyodkori bölgan yoşlarimiz kelajagi uçun mustahkam poydevor böladi. “Raqamli Özbekiston” kelgusi avlodlarga bizdan munosib meros bölib qoladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Mazkur maskanni Toşkent viloyatining sunʼiy intellekt va raqamlaştiriş markaziga, yoşlarning bilim, isteʼdod va qobiliyatini röyobga çiqaradigan zamonaviy majmuaga aylantiriş asosiy maqsad ekani taʼkidlandi.
Kelajak texnologiyalari markazida amalga oşiriladigan ilmiy işlanmalar, texnologik yeçimlar va kaşfiyotlar mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirişga xizmat qilişi qayd etildi.
Marosimda Xitoy, Rossiya va Germaniya kompaniyalari iştirokida amalga oşiriladigan, umumiy qiymati 465 million dollar bölgan 9 ta yangi loyiha qurilişiga ham start berildi.
Uşbu yangi quvvatlar işga tuşişi natijasida yana 5 mingta iş örni yaratiladi, aholining zamonaviy ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengayadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijiy hamkorlar, mutaxassislar va quruvçilarga muvaffaqiyat tiladi.

