Turkman xalqining milliy yetakçisi Özbekiston Prezidentini samimiy tabrikladi

Turkman xalqining milliy yetakçisi Özbekiston Prezidentini samimiy tabrikladi

24.07.2026 14:39122

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston milliy yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardoş Özbekiston xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

Şuningdek, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov Prezidentimizning tinimsiz mehnati va uzoqni közlab yuritayotgan siyosati tufayli Özbekiston yangi marralarni zabt etayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda salmoqli taraqqiyotga erişayotganini alohida ta’kidladi.

Suhbatda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Özaro işonç va umumiy manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan köp qirrali hamkorlik sur’ati ortib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barça darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda. Yaqinda Aşxobodda ötgan siyosiy maslahatlaşuvlarning samarali yakunlari yuksak baholandi.

Özaro tovar ayirboşlaş va yuk taşiş hajmi jadal ösib bormoqda. “Şovot-Toşovuz” savdo zonasining samarali faoliyati ham özaro savdo hajmini oşirişga xizmat qilmoqda.

Energetika, sanoat, qişloq va suv xöjaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Parlamentlararo, hududlararo, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni yanada kengaytiriş muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibini, şu jumladan, joriy yil kuzda Avaza şahrida ötkaziladigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş doirasida muvofiqlaştiriş va ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: