Özbekiston va Tojikiston yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

Özbekiston va Tojikiston yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

24.07.2026 14:42141

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tojikiston yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat, döst Özbekiston xalqining orzu-intilişlarini röyobga çiqariş yölida bitmas-tuganmas kuç-ğayrat va yangi zafarlar tiladi.

Emomali Rahmon Özbekiston Prezidentining sa’y-harakatlari tufayli bugun mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yölidan dadil ilgarilab, xalqaro maydondagi nufuzini izçil mustahkamlab borayotganini alohida ta’kidladi.

Suhbatda Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Tomonlar Tojikiston Prezidentining joriy yil 26-27-mart kunlari Özbekistonga davlat taşrifi çoğida, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Yetakçilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak uçraşuvlar rejasini muhokama qildilar.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: