Özbekiston va Qozoğiston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

Özbekiston va Qozoğiston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

24.07.2026 14:45138

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qozoğiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat va qardoş Özbekiston xalqi farovonligi yölidagi davlatçilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot davomida Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Barça yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlik surʼati ortib borayotgani, jumladan, tovar ayirboşlaş hajmi oşayotgani, ustuvor tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar. Bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini körib çiqdilar.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: