Özbekiston va Qirğiziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.
Qirğiziston yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni munosabati bilan samimiy qutlab, unga çin dildan mustahkam soğliq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardoş Özbekiston xalqiga esa tinçlik va ravnaq tiladi.
Sadir Japarov Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni hamda Şavkat Mirziyoyevning ikki mamlakat örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasini yuksak baholadi.
Barça yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlik surʼati tobora ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo hajmi jadal ösmoqda, sanoat kooperatsiyasi loyihalari, jumladan, işga tuşirilgan Qöşma jamğarma doirasida amalga oşirilmoqda. Yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari böyiça amaliy işlar davom ettirilmoqda.
Bölajak oliy darajadagi sammit kun tartibini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada puxta tayyorlaş muhimligi taʼkidlandi.

