Özbekiston va Hindiston turizm va madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-yil 8-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi huzuridagi "Diplomatik servis xizmati" boş direktori Egamberdiyev Oybek Xudayoroviç Özbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi turizm va madaniyat masalalari böyiça elçisi Rita Beri bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston va Hindiston örtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari, sayyohlik almaşinuvlarini kengaytiriş hamda Özbekistonning turistik salohiyatini Hindiston bozorida tarğib qiliş masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Tomonlar Özbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini ommalaştiriş, özaro sayyohlik oqimini rivojlantiriş, şuningdek, Hindiston fuqarolarining Özbekistonning turistik yönalişlariga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uçraşuv yakunlari böyiça turizm va madaniyat sohalaridagi istiqbolli hamkorlik yönalişlarini birgalikda işlab çiqiş hamda qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlar va amaliy mexanizmlarni nazarda tutuvçi tegişli "Yöl xaritalari"ni işlab çiqiş töğrisida kelişuvga erişildi. Bunda Özbekistonning turistik salohiyatini Hindistonda tarğib qiliş, sayyohlik almaşinuvlarini kengaytiriş hamda mazkur sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratiş rejalaştirilgan.

