Özbekiston Prezidenti mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga bölajak raisligining ustuvor yönalişlarini belgilab berdi
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi sammiti majlisning faxriy mehmoni – Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon iştirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizning 2027-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga raisligi davrida ustuvor ahamiyatga ega böladigan yönalişlarni bayon qildi.
Davlatimiz rahbari raislik töğrisidagi qaror qöllab-quvvatlangani va umumiy işga hissa qöşiş, yangi ğoyalarni taklif etiş va bugungi kunda Hamdöstlik mamlakatlari uçun çindan ham muhim bölgan yönalişlarni birgalikda rivojlantiriş imkoniyati uçun barça hamkasblariga minnatdorlik bildirdi.
– Biz kelgusi yili aniq va sezilarli natija beradigan masalalarni e’tibor markaziga qöyiş niyatidamiz. Bular – iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirişdir, – dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev.
Uşbu yondaşuv Özbekistonning raisligi uçun belgilangan «MDH – işonç va umumiy taraqqiyot makoni» degan şiorda öz ifodasini topdi.
Ayni paytda Raislik konsepsiyasi va tadbirlar rejasini işlab çiqiş işlari yakunlanmoqda. Ularda yuzdan ortiq aniq tadbirni amalga oşiriş közda tutilgan.
Özbekiston raisligi davridagi ustuvor yönalişlar va amaliy hamkorlik mexanizmlari taqdim etildi.
Hamdöstlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratiladi.
– Bugun, dunyoda vaziyat tobora murakkablaşib borayotgan bir paytda har qanday masalani xotirjam muhokama qiliş, bir-birimizni tinglaş hamda barçamizga maqbul bölgan yeçimlarni izlaş imkoniyatini saqlab qoliş öta muhimdir, – dedi davlatimiz rahbari.
MDH mamlakatlari salmoqli işlab çiqariş salohiyati, resurslar, texnologiyalar va bozorlarga ega ekanini inobatga olib, iqtisodiyot sohasida asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratiş taklif etildi.
– Agar bu salohiyatimizni birlaştirsak, qöşma işlab çiqariş quvvatlarini yaratsak va barqaror yetkazib beriş zanjirlarini yölga qöysak, barça iştirokçilar uçun natija yanada sezilarli böladi, – dedi Prezidentimiz.
Bu borada mamlakatlar örtasidagi savdo-sotiqqa xalaqit berib kelayotgan tösiqlarni bartaraf etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqamli texnologiyalar bilan boğliq yönalişga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda faqat hozirning özida ham yaxşi rivojlangan sohalar bilan çeklanib qolmaslik muhimligi ta’kidlandi.
– Oldinga qadam taşlaş va yaqin yillarda mamlakatlarimiz iqtisodiyoti raqobatbardoşligini oşiriş bilan boğliq böladigan sohalarda birgalikda işlaş zarur. Bu örinda söz muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlaştiriş, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalari haqida bormoqda. Aynan şu sohalar bugungi kunda öz kompetensiyalarimiz hamda qöşma loyihalarni yaratgan holda, ortda qolib ketmasligimiz muhim bölgan yönalişlardir, – dedi Özbekiston Prezidenti.
Raislikning yana bir ustuvor yönalişi sifatida transport sohasi belgilandi. Markaziy Osiyo Şarq va Ğarb, Şimol va Janub örtasidagi muhim transport tuguniga aylanib borayotgani ta’kidlandi.
– Biz uşbu imkoniyatlardan töliq foydalanişimiz kerak. Buning uçun tranzit tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bölgan yönalişlarni yaratiş muhimdir, – dedi davlatimiz rahbari.
Özbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş ham hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biri bölib qoladi.
– Biz MDHning sohaviy organlari işini va mamlakatlarimizning umumiy tahdidlarga qarşi kuraşiş borasidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz. Bu örinda söz terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatçilik haqida bormoqda. Bu tahdidlarning barçasi allaqaçon alohida davlatlar çegarasidan çiqib ketgan, – dedi davlatimiz rahbari.
Bugungi kunda oddiy fuqarolar, biznes vakillari, banklar, davlat tizimlariga bevosita daxl qilib, tez kuçayib borayotgan kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişga alohida e’tibor qaratiladi.
Eng ustuvor yönaliş sifatida insonlar örtasidagi aloqalar körsatib ötildi. Aynan mana şu riştalar köp jihatdan davlatlararo munosabatlarning barqarorligini belgilaydi.
Talabalar, yoş mutaxassislar, olimlar, tadqiqotçilar va ijodiy kasb egalarining özaro muloqot qilişi, bir-biridan örganişi hamda birgalikda işlaşi uçun mavjud imkoniyatlarni kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.
– Butun faoliyatimiz markazida inson, uning qadr-qimmati, manfaat va imkoniyatlarini röyobga çiqariş turişi kerak. Faqat ana şundagina MDH ta’lim oliş, mehnat qiliş, yangi loyihalar yaratiş, şeriklar topiş va öz kelajagini quriş mumkin bölgan makon sifatida qabul qilinadi, – deya alohida ta’kidladi Şavkat Mirziyoyev.
Yakunda Özbekistonning MDHga raisligi davrida öz samaradorligini isbotlagan barça yutuqlarni saqlab qoliş va şu bilan birga, bugungi kunda yangi yeçimlar topiş zarur bölayotgan yönalişlar rivojiga qöşimça sur’at bağişlaş qat’iy maqsad qilingani ta’kidlandi.
Özbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga samimiy mehmondöstlik va sammitni yuksak saviyada taşkil etgani uçun çin dildan minnatdorlik bildirdi.
Sammit yakunlari böyiça MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlariga oid bitim va qarorlar töplami imzolandi.

