Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlat rahbarlari kengaşining kengaytirilgan majlisidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlat rahbarlari kengaşining kengaytirilgan majlisidagi nutqi

12.10.2026 11:45509

Muhtaram Serdar Gurbanguliyeviç!

Hurmatli hamkasblar!

Uçraşuvimizning barça iştirokçilarini yana bir bor qutlaşdan mamnunman.

Avvalo, Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovga uşbu maskanda bizni doimo samimiy kutib olayotgani uçun çin dildan minnatdorlik bildiraman.

Majlisimizning faxriy mehmoni – Eron Islom Respublikasi Prezidenti, hurmatli Masʼud Pezeşkiyon janoblarini qutlayman.

Özbekiston Respublikasining 2027-yilda MDHga raislik qilişi töğrisidagi qarorni qöllab-quvvatlaganlari uçun ham barça hamkasblarimga öz taşakkurimni izhor etaman.

Hamdöstlikda raislik qiliş biz uçun, avvalo, umumiy işimizga öz hissamizni qöşiş, yangi ğoyalarni taklif etiş hamda bugungi kunda mamlakatlarimiz uçun çindan ham muhim bölgan yönalişlarni birgalikda rivojlantiriş imkoniyati demakdir.

Kelgusi yili aniq va sezilarli natija beradigan masalalarni eʼtibor markaziga qöyiş niyatidamiz. Bular – iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, taʼlim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirişdir.

Biz Özbekistonning raisligi uçun belgilangan “MDH – işonç va umumiy taraqqiyot makoni” degan şiorda aynan uşbu yondaşuvni mujassam etdik. Bugungi kunda Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi işlarni yakunlamoqdamiz. Ularda hozirning özida yuzdan ortiq aniq çora-tadbirlar közda tutilgan.

Mazkur dastur oddiy taşabbuslar röyxati bölib qolmasligi biz uçun muhimdir. Har bir yönaliş böyiça aniq qadamlar, muddatlar va biz birgalikda erişadigan natija bölişi kerak.

Raisligimiz davrida aynan mana şunday amaliy işlarga eʼtibor qaratişni xohlaymiz.

Hurmatli majlis iştirokçilari!

Hamdöstlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida eʼtibor qaratişimiz zarur.

Bugun dunyoda vaziyat tobora murakkablaşib borayotgan bir paytda har qanday masalani xotirjam muhokama qiliş, bir-birimizni tinglaş hamda barçamizga maqbul bölgan yeçimlarni izlaş imkoniyatini saqlab qoliş öta muhimdir.

Yaxşi qöşniçilik, özaro işonç va anglaşuv mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarning asosi bölib qoladi va bu poydevorni mustahkamlaş lozim.

Iqtisodiyotda asosiy eʼtiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratişni taklif etamiz. Mamlakatlarimiz salmoqli işlab çiqariş imkoniyatlari, resurslar, texnologiyalar va bozorlarga ega. Agar ana şu salohiyatimizni birlaştirsak, qöşma işlab çiqariş quvvatlarini yaratsak va barqaror yetkazib beriş zanjirlarini yölga qöysak, barça iştirokçilar uçun natija yanada sezilarli böladi.

Şuning uçun biz sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va özaro investitsiyalar uçun şaroitlarni yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratamiz. Şu bilan birga, mamlakatlarimiz örtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan tösiqlarni bartaraf etiş muhim ahamiyatga ega.

Hamkorlikning alohida yönalişi raqamli texnologiyalar bilan boğliq. Biz ulardan biznesda foydalanişni kengaytiriş, elektron tijoratni rivojlantirişni muhim deb hisoblaymiz.

Uşbu jarayonda faqat hozirning özida ham yaxşi rivojlangan sohalar bilan çeklanib qolmaslik kerak. Oldinga qadam taşlaş va yaqin yillarda mamlakatlarimiz iqtisodiyoti raqobatbardoşligini oşiriş bilan boğliq böladigan sohalarda birgalikda işlaş zarur.

Bu örinda söz muhim minerallar, sunʼiy intellekt, robotlaştiriş, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalari haqida bormoqda. Aynan şu sohalar bugungi kunda öz kompetensiyalarimiz hamda qöşma loyihalarni yaratgan holda, ortda qolib ketmasligimiz muhim bölgan yönalişlardir.

Raisligimizning yana bir muhim yönalişi transport bilan boğliq.

Markaziy Osiyo bugungi kunda Şarq va Ğarb, Şimol va Janub örtasidagi muhim transport tuguniga aylanib bormoqda. Biz uşbu imkoniyatlardan töliq foydalanişimiz kerak. Buning uçun tranzit tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bölgan yönalişlarni yaratiş muhimdir.

Biz Markaziy Osiyo transport tarmoği MDH makonida va uning taşqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanişidan manfaatdormiz.

Hurmatli hamkasblar!

Xavfsiz va barqaror muhitsiz na iqtisodiyot, na savdo, na yirik qöşma loyihalar bölişi mumkin emas. Şuning uçun raisligimiz davrida ayni yönaliş ham eng muhim sohalardan biri bölib qoladi.

Biz MDHning sohaviy organlari işini va mamlakatlarimizning umumiy tahdidlarga qarşi kuraşiş borasidagi saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz. Bu örinda söz terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatçilik haqida bormoqda.

Bu tahdidlarning barçasi allaqaçon alohida davlatlar çegarasidan çiqib ketgan.

Ayniqsa, bugungi kunda kiberjinoyatçilik tez kuçaymoqda. U oddiy fuqarolar, biznes vakillari, banklar, davlat tizimlariga daxl qilmoqda va şu bois, doimiy eʼtiborni hamda mamlakatlarimiz örtasida yaqin hamkorlikni talab etadi.

Hurmatli majlis iştirokçilari!

Hamdöstlikning kelajagi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatlarimizni insonlar boğlab turişini ham yodda tutişimiz muhim. Bu insonlar örtasida bir neça ön yillar davomida şakllangan riştalardir. Aynan mana şu aloqalar köp jihatdan munosabatlarimizning barqarorligini belgilaydi.

Şuning uçun talabalar, yoş mutaxassislar, olimlar, tadqiqotçilar va ijodiy kasb egalarining özaro muloqot qilişi, bir-biridan örganişi hamda birgalikda işlaşi uçun köproq imkoniyatlarga ega bölişi muhim.

Bu, ayniqsa, yoşlarga taalluqli. Zero, Hamdöstlik kelgusida qanday bölişini aynan yoş avlod belgilaydi.

Mamlakatlarimiz ulkan insoniy va intellektual salohiyatga ega. Uşbu salohiyat zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari, innovatsiyalar va yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qiladigan şaroitlarni yaratişi zarur.

Butun faoliyatimiz markazida inson, uning qadr-qimmati, manfaat va imkoniyatlarini röyobga çiqariş turişi kerak. Faqat ana şundagina MDH taʼlim oliş, mehnat qiliş, yangi loyihalar yaratiş, şeriklar topiş va öz kelajagini quriş mumkin bölgan makon sifatida qabul qilinadi.

Hurmatli hamkasblar!

Biz raisligimizdan öz samaradorligini isbotlagan barça yutuqlarni saqlab qoliş va şu bilan birga, bugungi kunda yangi yeçimlar topiş zarur bölayotgan yönalişlar rivojiga qöşimça surʼat bağişlaş uçun foydalaniş niyatidamiz.

Pirovardida faqat qabul qilingan hujjatlar va kelişuvlar emas, balki kelgusida ham naf keltiradigan aniq natijalarga erişiş muhimdir.

Bu işda Hamdöstlikning barça davlatlari qöllab-quvvatlaşiga umid qilamiz.

Sözimning yakunida hurmatli Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovga mehmondöstlik hamda uçraşuvimizni ajoyib tarzda taşkil etgani uçun yana bir bor minnatdorlik bildiraman.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: