Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

13.10.2026 12:50504

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentimiz Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston tomonidan Avazada bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvi, MDH sammiti va Kaspiy ekologik forumiga samarali raislik qilingani hamda ularni muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Turkmanistonning mintaqaviy muloqot va köp tomonlama hamkorlikni rivojlantirişdagi muhim rolini yana bir bor namoyon etgan mazkur tadbirlar alohida ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Erişilgan kelişuvlar mintaqada izçil taraqqiyot va osoyiştalikni taʼminlaşga qaratilgan şeriklikning yangi istiqbollarini oçmoqda.

Suhbat davomida izçil rivojlanib, amaliy mazmun bilan boyib borayotgan Özbekiston – Turkmaniston strategik şerikligining barqaror ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar özaro savdo hajmini yanada oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, energetika, transport va qişloq xöjaligi sohalarida loyihalarni amalga oşiriş, transport-logistika sohasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş hamda madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştiriş muhimligini taʼkidladilar.

Avazada Özbekiston va Turkmaniston örtasida Oliy darajadagi strategik şeriklik kengaşini taşkil etiş töğrisida tarixiy şartnoma imzolanganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uşbu mexanizmni işga tuşiriş ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yönalişlari böyiça saʼy-harakatlarni tizimli muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.

Yetakçilar oliy darajadagi bölajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

Yakunda köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalari, muştarak tarix va madaniy anʼanalarga asoslangan Özbekiston – Turkmaniston hamkorligini izçil rivojlantiriş hamda Markaziy Osiyoda tinçlik, osoyiştalik va barqaror taraqqiyotni yanada mustahkamlaşga özaro intiliş qatʼiy ekani taʼkidlandi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: