Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar

15.10.2026 11:23375

Boku şahriga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşuv ötkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakçisini Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşga raisligi muvaffaqiyatli keçayotgani hamda uning yettinçi sammiti yuqori saviyada taşkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.

Şu yilning avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş orqali Özbekiston – Ozarbayjon strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Barça darajalarda samarali aloqalar yölga qöyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boşidan buyon özaro tovar ayirboşlaş hajmi 30 foizga oşdi. Geologiya, energetika, quriliş, transport, logistika, yengil sanoat, turizm va boşqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi.

Madaniy-gumanitar almaşinuvning tadbirlarga boy dasturi amalga oşirilmoqda.

Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşib, bölajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: