Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning yettinçi sammitidagi nutqi
Hurmatli Ilhom Geydaroviç!
Hurmatli davlatlar va delegatsiyalar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Betakror Ozarbayjon zaminiga yana bir bor taşrif buyuriş hamda Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning yettinçi sammiti iştirokçilarini qutlaş şarafiga muyassar bölganimdan behad mamnunman.
Avvalambor, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, hurmatli Ilhom Geydaroviç Aliyevga samimiy qabul hamda sammitni yuksak darajada taşkil etgani uçun minnatdorlik bildiraman.
Hozirgi murakkab davrda Sizning muvaffaqiyatli yetakçiligingizda Ozarbayjon jadal rivojlanmoqda, uning jahondagi obrö-e’tibori va nufuzi oşmoqda, qardoş xalqingizning farovonligi izçil ösmoqda. Bu bizda mamlakat rahbariyatiga nisbatan yuksak hurmat tuyğularini kuçaytirmoqda.
Şuningdek, biz Ozarbayjonning uşbu Kengaşdagi samarali raisligini yuqori baholaymiz. Bu davrda Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş doirasida özaro muloqotimiz yanada mazmunli tus olib, amaliy natijalarga boy böldi.
Hurmatli sammit iştirokçilari!
Hammamiz guvohmiz, bugungi kunda dunyo çuqur geosiyosiy özgarişlarni boşidan keçirmoqda.
Yangi tahdid va xatarlar paydo bölmoqda. Bu vaziyat bizdan yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilişni talab etadi.
Ayniqsa, Osiyoning turli hududlaridagi qurolli nizolar barçamizni çuqur xavotirga solmoqda. Ularning oqibatlari mojaro hududidan taşqariga çiqib ketmoqda, siz bilan biz yaşayotgan mintaqa xavfsizligiga jiddiy putur yetkazmoqda, global iqtisodiyotga zarar keltirmoqda va millionlab insonlar hayotiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Bizning bu boradagi pozitsiyamiz aniq va qat’iy: har qanday nizo va kelişmovçiliklar faqat tinç yöl bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barça tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilişi zarur.
Qit’amizda nizolarning yanada keskinlaşuviga yöl qöymaslik ğoyat muhim. Biz Yaqin Şarqdagi qarama-qarşilik va Ğazodagi gumanitar vaziyatni katta taşviş bilan kuzatib boryapmiz. Uşbu mintaqada tezroq tinçlik va barqarorlik örnatilişi tarafdorimiz.
Muloqot susaygan joyda notöğri qarorlar qabul qiliş xavfi ortadi. Şu bois biz siyosiy kelişmovçiliklar qurolli töqnaşuvlarga aylanib ketmasligi uçun barça imkoniyatlarni işga solişimiz zarur. Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning örni va ta’sir kuçini aynan şunda köramiz. Kengaşning asosiy maqsadi Osiyoda özaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini şakllantiriş bölişi kerak.
Bu örinda gap özaro uyğun va oldindan taxmin qiliş mumkin bölgan harakatlar, zimmamizga olgan majburiyatlarni bajariş asosidagi munosabatlarning barqaror tizimini yaratiş haqida bormoqda. Bu nizolarning oldini oliş va özaro maqbul qarorlarni topiş imkonini beradi.
Şu munosabat bilan biz Osiyoda işonç infratuzilmasini şakllantiriş konsepsiyasini işlab çiqişni taklif etamiz. Uşbu hujjatda Kengaşni uzoq muddatli rivojlantirişning asosiy yönalişlari, davlatlar örtasida özaro boğliqlikni va hamkorlikni kengaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab berilişi lozim. Xususan, transport va energetika böyiça qöşma loyihalar, savdo va raqamli aloqalarni rivojlantiriş, madaniy-gumanitar almaşuvlar katta ahamiyatga ega.
Siyosiy vaziyat qanday bölişidan qat’i nazar, davlatlar örtasidagi özaro işonç munosabatlarimizning doimiy va mustahkam poydevoriga aylanişi şart.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Hozirgi şiddatli texnologik taraqqiyot va iqlim özgarişlari barçamizning oldimizga yangi vazifalarni qöymoqda.
Ma’lumki, sun’iy intellekt kundalik hayotimizni tez özgartirmoqda. U çeksiz imkoniyatlar yaratiş bilan birga, jiddiy xavf-xatarlarni ham keltirib çiqarmoqda.
Endilikda biz raqamli taraqqiyot barçaga birdek foyda keltirişi, texnologik rivojlanişdagi farq qisqarişi uçun bor imkoniyatlarni safarbar etişimiz zarur. Şu maqsadda Texnologik işonç va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalaniş böyiça Osiyo taşabbusini ilgari suramiz. Buning uçun Kengaş doirasida Ekspertlar maydonini taşkil etiş maqsadga muvofiqdir. Unda mamlakatlarimiz mutaxassislari umumiy tavsiyalarni işlab çiqişi va amaliy çoralarni kelişib olişi mumkin böladi.
Şu bilan birga, Kengaş iqlim özgarişlariga moslaşiş uçun davlatlarning kuç va imkoniyatlarini birlaştira oladi, deb hisoblaymiz. Buning uçun Iqlim barqarorligi sohasida şeriklik qiliş böyiça taşabbusni taklif etamiz. Bu suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etiş, “yaşil” energetikani rivojlantiriş va atrof-muhit holatini doimiy kuzatib boriş imkonini beradi. Şu tariqa ehtimoliy xavf-xatarlarni kamaytirişimiz va kelajak avlodlar uçun tabiiy resurslarni saqlab qolişimiz mumkin.
Hurmatli hamkasblar!
Özbekiston Kengaşning Inson mezoni böyiça koordinatori sifatida ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirişga katta e’tibor qaratmoqda.
Biz kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantiriş böyiça forumni ötkazişga tayyormiz. Mazkur anjumanda yoşlar va xotin-qizlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, sifatli ta’limdan foydalaniş, raqamli transformatsiya şaroitida inson huquqlarini himoya qiliş kabi masalalarni alohida körib çiqiş rejalaştirilmoqda.
Uşbu sohadagi qöşma hamkorligimiz yanada izçil bölişi uçun Kengaşning yaqin ikki yilga möljallangan Harakatlar dasturini işlab çiqişni taklif etamiz.
Hurmatli sammit iştirokçilari!
Kelgusi yili Özbekiston Qöşilmaslik harakatining yigirmançi sammitiga mezbon böladi va mamlakatimiz 2030-yilga qadar uşbu taşkilotga raislik qiladi.
Qöşilmaslik harakati hamda Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning maqsad va tamoyillari köp jihatdan bir-biriga öxşaş va yaqindir.
Toşkent sammiti xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va nizolarning oldini oliş tizimini şakllantirişda muhim voqea bölişiga umid qilamiz. Barçangizni uşbu forumda iştirok etişga taklif qilaman.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Sözimning yakunida şuni alohida ta’kidlamoqçiman: Özbekiston Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça Kengaşning taşkiliy asoslarini yanada mustahkamlaş va uning nizomini takomillaştiriş borasidagi işlarni qöllab-quvvatlaydi. Bu yerda ilgari surilayotgan taşabbuslar öz amaliy ijrosini topişi muhimdir.
Fursatdan foydalanib, Laosning Kengaşga a’zo davlat maqomini olgani munosabati bilan hurmatli Prezident Txonglun Sisulit Janobi Oliylarini tabriklayman.
Kengaşning Boş kotibi lavozimiga Ozarbayjon vakili nomzodini qöllab-quvvatlaymiz. Ozarbayjon tomonining Kengaşga raislikni 2028-yilgaça davom ettiriş niyatini olqişlaymiz. Uşbu mas’uliyatli missiyani bajarişda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

