Özbekiston yetakçisi Kambodja Boş vaziri bilan uçraşdi
Boku şahrida Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kambodja Qirolligi Boş vaziri Xun Manet bilan uçraşuv ötkazdi.
Ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.
Tizimli siyosiy muloqotni yölga qöyiş, parlamentlararo, madaniy-gumanitar va sayyohlik yönalişlaridagi almaşinuvlarni faollaştiriş muhimligi taʼkidlandi.
Tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş böyiça amaliy çoralar köriş, jumladan, mamlakatlarning sanoat salohiyatini namoyiş etiş uçun körgazmalar ötkaziş va işbilarmonlik delegatsiyalarining taşriflarini taşkil etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar bu borada savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi asosiy kelişuvlarni işlab çiqişni jadallaştirişga kelişib oldilar.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xususan, BMT, ŞHT, ASEAN, Qöşilmaslik harakati va boşqa tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettiriş yuzasidan ham fikr almaşildi.

