Özbekiston – Vyetnam munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi
Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uçraşdi.
Ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli aloqalarni mustahkamlaş va yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.
Uçraşuv avvalida Vyetnam delegatsiyasi rahbari Özbekiston yetakçisiga Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Boş kotibi, mamlakat Prezidenti To Lamning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar Özbekiston – Vyetnam munosabatlari jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini taʼkidladilar. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi izçil ortib bormoqda, turli darajalarda muntazam aloqalar yölga qöyilgan.
Neft-kimyo, elektrotexnika va töqimaçilik sanoati, qişloq xöjaligi sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

