Davlatimiz rahbari yoqilği-energetika tarmoğidagi islohotlarni jadallaştiriş yuzasidan sarmoyadorlar bilan muloqot ötkazdi

Davlatimiz rahbari yoqilği-energetika tarmoğidagi islohotlarni jadallaştiriş yuzasidan sarmoyadorlar bilan muloqot ötkazdi

19.10.2026 09:55256

Prezident Şavkat Mirziyoyev yoqilği-energetika tarmoğidagi islohotlarni jadallaştiriş va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş yuzasidan sarmoyadorlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.

Mamlakatimiz yetakçisi barqaror energiya taʼminoti iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlar rejalari va aholi farovonligi uçun muhimligini taʼkidladi. Sönggi ön yilda energetika bozori xususiy sarmoyaga oçilib, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlari joriy etildi. Bu davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi. Quyoş, şamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvçi energiyaning jami generatsiyadagi uluşi 31 foizga yetdi.

Muloqot kuni umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik oltita yirik loyiha böyiça bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlaş quvvati yaratiladi.

Prezidentimiz energetikaga investitsiya jalb qilişda yangi bosqiç boşlanayotganini qayd etdi. Endi har bir loyiha yangi quvvat yaratiş bilan birga taʼminot işonçliligini oşirişi va elektr yöqotişlarini kamaytirişi zarur. 2030-yilgaça 22 ming megavatt yangi quvvat barpo etiş, yillik elektr işlab çiqariş hajmini 129 milliard kilovatt-soatdan oşiriş va qayta tiklanuvçi energiya uluşini 54 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Buning uçun generatsiya, uzatiş va energiya saqlaş tizimlari özaro boğliq holda rivojlantiriladi. Qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan rejalaştirilib, tayyor loyihalar oçiq tanlovga çiqariladi. Investorlarga yer maydoni, tarmoqqa ulaniş hamda elektrni xarid qiliş şartlari avvaldan maʼlum qilinadi. Yaqin vaqtda umumiy quvvati 2 ming 200 megavatt bölgan oltita quyoş va şamol stansiyasi loyihasi tanlovga qöyiladi.

Ilk bor energetika sohasining 2050-yilgaça bölgan Milliy boş rejasi işlab çiqilib, eʼlon qilinadi. Kelgusi yil 1-martgaça tarmoqlarga ulaniş imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulga qadar esa töliq boş reja taqdim etiladi. Bu sarmoyadorlarga loyihalarini uzoq muddatga rejalaştiriş imkonini beradi.

Elektr tarmoqlari va energiya saqlaş infratuzilmasini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi. 2030-yilgaça 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstansiya quriş, energiya saqlaş quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkaziş rejalaştirilgan. Şuningdek, sanoat korxonalari va maʼlumotlar markazlarining ösib borayotgan ehtiyojini hisobga olib, ular uçun işonçli elektr taʼminotini oldindan taşkil etiş zarurligi taʼkidlandi.

Taqsimlaş tarmoqlarida xususiy sektor iştirokini kengaytiriş, ijtimoiy soha obyektlari va nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida yangilaş masalalari ham körib çiqildi. “Yaşil” energiya işlab çiqaruvçilarning sertifikatlar va karbon kreditlardan qöşimça daromad olişi uçun mexanizmlar joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalari mahalliy sanoat uçun ham yangi imkoniyatlar oçişi kerakligini taʼkidladi. Yuqori kuçlanişli uskunalar, energiya saqlaş tizimlari va şamol generatorlari butlovçi qismlarini mahalliylaştiriş böyiça 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan. Foriş tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi uçun zarur mahsulotlar işlab çiqariladigan maxsus sanoat zonasini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.

Neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv işlari, konlar samaradorligini oşiriş va xomaşyoni çuqur qayta işlaş böyiça hamkorlik kengaytiriladi. Ustyurtda “SOCAR” va “British Petroleum” kompaniyalari bilan oltita investitsiya blokida qidiruv işlari olib borilmoqda, xorijlik hamkorlarga taklif etiş uçun yana 128 ta blok tayyorlangan. Buxoro viloyatidagi MTO loyihasini amalga oşiriş, Buxoro va Farğona neftni qayta işlaş zavodlarini modernizatsiya qiliş rejalari ham qayd etildi.

Suyultirilgan gaz taʼminotiga bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş masalasiga töxtalib, davlatimiz rahbari bunda taʼminot uzluksizligi, xavfsizlik va aholiga xizmat körsatiş sifati ustuvor bölişi şartligini taʼkidladi.

Yangi energiya obyektlari uçun mutaxassislar tayyorlaşda investorlar iştirokini kengaytiriş taklif qilindi. Kelgusi öquv yilidan oliygohlarda energetika yönalişlari böyiça qabul kvotalari oşiriladi, har yili 50 nafar yoşning yetakçi xorijiy universitetlarda tahsil olişi uçun davlat grantlari ajratiladi.

Sarmoyadorlar yer ajratiş, tarmoqqa ulaniş va texnik şartlarni oliş bilan boğliq masalalarni doimiy muloqot orqali hal etiş taşabbusini ilgari surgan edi. Şu munosabat bilan Yoqilği-energetika sohasida investorlar kengaşi taşkil etiladi. Prezident Administratsiyasi Rahbari boşçilik qiladigan Kengaş loyihalarni tayyorlaşdan tortib, obyektlarni işga tuşirişgaça bölgan jarayonda yuzaga keladigan masalalarga tezkor yeçim topiş bilan şuğullanadi.

Tadbir yakunida Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi, özaro manfaatli hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: