Saudiya Arabistoni iştirokidagi yirik investitsiya loyihalarining borişi körib çiqildi

Saudiya Arabistoni iştirokidagi yirik investitsiya loyihalarining borişi körib çiqildi

19.10.2026 10:02263

Prezident Şavkat Mirziyoyev Yoqilği-energetika tarmoğidagi investorlar kengaşining birinçi yiğilişi doirasida Özbekiston – Saudiya Işbilarmonlar kengaşi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boşqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş va ustuvor qöşma loyihalarni jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Sönggi yillarda Saudiya Arabistoni kompaniyalarining mamlakatimiz bozoriga qiziqişi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida “yaşil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, yuqori texnologiyalar, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Tomonlar erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va sifatli bajariş orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada yuqori bosqiçga kötarişga tayyor ekanini qayd etdilar.

Uçraşuv yakunida saudiyalik investorlar Özbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti uçun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: