Özbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengaşi Boş vaziri bilan uçraşuv ötkazdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Boş vaziri Li Syan boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ikki mamlakat örtasidagi yangi davrning barça şaroitlarida har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Özbekiston va Xitoy yetakçilarining joriy yil avgust oyida Bişkek şahrida bölib ötgan uçraşuvida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Parlamentlar, hukumatlar, taşqi siyosiy va sohaviy idoralar, hududlar hamda işbilarmon doiralar darajasida faol aloqalar yölga qöyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekistonning “Yagona Xitoy” siyosati hamda “uç yovuz kuç”ga qarşi kuraşiş borasidagi pozitsiyasi özgarmas ekani tasdiqlandi.
Tovar ayirboşlaş hajmi barqaror ösib bormoqda. Qatʼiy kelişuvlarga asoslangan loyihalar portfeli qariyb 60 milliard dollarga yetdi, 6 mingdan ziyod qöşma korxona taşkil etildi. Xitoylik sayyohlar soni ortib bormoqda. Kambağallikni qisqartiriş sohasida tajriba almaşiş faol davom etmoqda
“Yaşil” energetika, kimyo sanoati, geologiya, avtomobilsozlik, metallurgiya, qişloq xöjaligi, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, tinç atom, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, uskuna işlab çiqariş va robototexnika sohalarida hamkorlikni kengaytiriş muhimligi taʼkidlandi
“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” strategik temir yöli qurilişi jadal surʼatlarda davom etmoqda. Uning işga tuşirilişi mintaqada savdoni rivojlantiriş va transport jihatidan boğliqlikni mustahkamlaşga yanada kuçli surʼat bağişlaşi taʼkidlandi.
Muzokara çoğida turizm, madaniyat va taʼlim sohalaridagi almaşinuvlarni kengaytiriş masalalariga alohida urğu berildi. Bu boradagi hamkorlik kölamini yanada kengaytiriş maqsadida ikki mamlakat şaharlari örtasidagi aviaqatnovlar sonini köpaytiriş rejalari muhokama qilindi.
Yaqin kunlarda Xitoyda Özbekiston madaniyati kunlari ötkaziladi, ikki mamlakat hududida madaniyat markazlari oçiladi.
Tomonlar ŞHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati va boşqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ham körib çiqdilar.

