Prezident Şavkat Mirziyoyev taşrifni Imom Buxoriy maqbarasi ziyoratidan boşladi
Anʼanaga köra, davlatimiz rahbari dastlab Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Qurʼon oyatlari öqilib, duolar qilindi.
Taşrif çoğida davlatimiz rahbariga majmuadan samarali foydalaniş, uning turistik salohiyatini yanada oşiriş, Imom Buxoriyning boy ilmiy merosini asrab-avaylaş, örganiş va dunyoga tarğib etiş orqali islom maʼrifati va ziyorat turizmini rivojlantiriş böyiça berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi.
Mamlakatimiz yetakçisi bu işlarni izçil davom ettiriş zarurligini taʼkidladi.
– Bu uluğ zot bizga butun ilmlarini, bilimlarini meros qilib qoldirganlar. Biz şu ilmlarni davom ettirsak, heç qaçon kam bölmaymiz.
Men özim ham har safar uluğ bobomizni ziyorat qilganimda, xalqimiz hayotiga baraka bersin, biri ikki bölsin deb duo qilaman.
Biz uluğlarimiz merosini asraş va tarğib qiliş yölida hali köp işlar qilamiz. Butun dunyodan odamlar Özbekistonga kelib, Islom sivilizatsiyasi markazini, Imom Buxoriy majmuasini körişi, ziyorat qilişi uçun şaroit yaratamiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz taşabbusi bilan yangidan bunyod etilgan majmua islom olamining muqaddas qadamjolaridan biri sifatida doim mahalliy va xorijlik ziyoratçilar bilan gavjum. Kompleks avval bir kunda 12 ming ziyoratçiga xizmat körsatgan bölsa, hozir bu raqam 65 mingdan ortiqni taşkil etadi.
Majmua tarkibidagi 10 ming kişilik masjid, ulkan maqbara, har birining balandligi 75 metr bölgan tört minora, moviy gumbazlar inşootga özgaça uluğvorlik baxş etib turibdi. Ilğor axborot texnologiyalari asosida taşkil etilgan innovatsion muzeyda muqaddas dinimiz tarixi, payğambarlar hayoti, Imom Buxoriyning muhaddislik faoliyati keng yoritilgan, noyob eksponatlar namoyiş etilmoqda.
Ayni paytda majmuada ziyoratçilar uçun har tomonlama qulay şaroit, xalqaro standartlarga mos servis yölga qöyildi. Ziyoratgoh hududida 20 dan ortiq zamonaviy mehmonxonalar faoliyat körsatmoqda.

